So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  1 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  33 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Dinamo” 0:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Dinamo” 0:2

Teglar :  QizilqumDinamo
Poytaxtda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirayotgan “Qizilqum” futbochlilari bugun yig'in davomidagi to'rtinchi nazorat bellashuvini Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan o'tkazishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Har ikkala jamoa azolari yig'in davomida murabbiylari shtabi tomonidan berilgan ko'rsatmalarni ado etishga urinishdi.

Bahsning 60-daqiqasida Jasur Qurbonovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini qaytarishdi “Qizilqum” posboni Erkin Jabborov kichik xatoga yo'l qo'ydi va o'yinda hisob ochildi. Goldan ko'p o'tmay  samarqandliklar hujumchisi raqib posboni bilan birga vaziyatga chiqib bordi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi -0:2.

Ushbu uchrashuvni jamoalar quyidagi tarkibda o'tkazishdi:

Qizilqum”: Artyom Makosin, SHukurali Po'latov, Otabek Zokirov, Fayzullo Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar SHodmonov, G'ayrat Jumaev, SHerali Jo'raev, Ilhom Yunusov, Begzod G'anijonov, Maksim Yurku.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Viktor Grigorev, Akmal Rustamov, Feruz Boboqulov, Humoyun Abdualimov.

Dinamo”: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Hakimoxon Alamxonov, Adnan Oraxovac, Jasur Azimov, Akmal Bozorov, Muhammad Isaev, Aleksey Nikolaev, Saidjamol Davlatjonov, Abdumalik Abdullaev, Amirjon Safarov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, SHohruhbek Xolmatov, Bunyod Isroilov, Iskandar Xolmirzaev, Sardor Sulaymonov, Jasur Qurbonov, Komil SHarofutdinov.

Ushbu bahsdan keyin navoiylik futbolchilarga ikki kunlik tatil elon qilindi. Futbolchilarimiz 25 iyuldan mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Toshkent yig'ini davomida “Qizilqum” yana ikkita nazorat uchrashuvida maydonga chiqishi rejalashatirilgan.


“Qizilqum” matbuot xizmati.










Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика