So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Prevyu. Abramovning "Dinamo"si Qosimovning OKMKsini mehmon qiladi Yangiliklar

Prevyu. Abramovning "Dinamo"si Qosimovning OKMKsini mehmon qiladi

Teglar :  PrevyuDinamoOKMK
19-turning yana bir qiziqarli bahsi Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.

Musobaqa jadvalida teng ochko to'plagan holda yonma-yon ketayotgan "Dinamo" va OKMK o'zaro bahs olib boradi.

O'zbekiston chempionati doirasida  jamoalar o'zaro 25 marta to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlarda ustunlik "konchilar" tomonida. Qosimov jamoasi o'zaro bahslarning 12-tasida g'alaba qozongan. Abramov jamoasi esa 8 marta o'zaro uchrashuvda g'olib sifatida maydoni tark etgan. Yana 5 ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmangan. Gollar nisbati 26:38 ko'rinishida, olmaliqliklar foydasiga.

"Dinamo"ning o'zaro o'yindagi eng yirik g'alabasi 4:2 bo'lgan. OKMK esa "Dinamo"ni 4:0 hisobida taslim etgan va bu tarixdagi eng yirik g'alaba hisoblanadi. 

Jamoalarning ilk davradagi uchrashuvi 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlangan.

Superliga

4-tur

OKMK – "Dinamo" 0:0  

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:15

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Rustam Choriev

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

VAR: Edita Miradibova

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Komissar: Qudrat Madraimov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 70), 6.Avazbek O'lmasaliev (Arixiro Sentoku, 61), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 23.Ajak Riak (Abdurahmonov, 61), 77.Nodir Abdurazzoqov (99.Asad Sobirjonov, 61).

Zaxira: 25.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 16.Naoaki Senaga, 19.Ahmadullo Muqimjonov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvarjon Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 16.Richard Fraydey (11.Xislat Xalilov, 70), 22.Ulug'bek Abdullaev, 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 14.Bahodir Nasimov, 17.Salim Mustafoev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 24.Muhsin Bozorov, 55.Manuchehr Safarov, 77.Vohidjon Oqbo'taev.

Ogohlantirishlar: Firdavs Abdurahmonov (7), Maqsudxo'ja Aloxo'jaev (73), Oybek O'rmonjonov (86), Islom To'xtaxo'jaev (90).

Jamolarning Superligadagi o'zaro so'nggi beshta uchrashuvdagi natijalari bilan tanishing:

06.04.2025. OKMK - "Dinamo" 0:0

16.08.2024. "Dinamo" - OKMK 3:2

17.03.2024. OKMK - "Dinamo" 3:1

26.10.2022. OKMK - "Dinamo" 4:0

23.05.2022. "Dinamo" - OKMK 1:2

"Dinamo" - OKMK uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Islom Azimov va Akmal G'iyosov yordam beradi.

“Dinamo” — OKMK

16.08.2025

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Akmal Giyasov

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov

Nazoratchi: Vladislav Seytlin

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Dildora Rustamova

Komissar: Mamur Sultonov

Uchrashuv bugun 19:00 da "Dinamo" stadionida  start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика