So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  3 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

"Navoiy FA" bosh murabbiyi Davron Tursunov: "OKMKning eng zo'r sport formadagi paytiga to'g'ri kelib qoldik" Yangiliklar

"Navoiy FA" bosh murabbiyi Davron Tursunov: "OKMKning eng zo'r sport formadagi paytiga to'g'ri kelib qoldik"

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan OKMK "Navoiy FA" (12:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Davron Tursunov matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida 

– OKMK Superligada ajoyib o'yinlar o'tkazyapti. Biz bu jamoaning eng zo'r formada paytiga to'g'ri kelib qoldik. Men o'ylaymanki, yigitlarimiz uchun bu musobaqa katta motivaciya berdi. Bu guruhga tushganimizni o'zi bayram bo'ldi. O'yinda ko'rdik, raqib bizdan ancha ustun. O'z ustimizda ishlashimiz lozim.

– "Paxtakor"ga o'z uyingizda yirik hisobda mag'lub bo'ldingiz. Uchinchi turda esa Superliga peshqadami uyiga safar qilish kerak edi. Bu holatda jamoa oldiga qanday maqsad qo'ygandi?

– Bugungi topshiriq borimizni berish edi. Ularga o'yindan zavq oling va bor kuchingizni ishga soling dedim. Sizni murabbiylar kuzatadi deb aytdim. 

– O'zPFL oldingi kuboklarda bu kabi akademiyalarga imkoniyat bermas edi. Faqat Superliga va boshqa jamoalar qatnashar edi. Hozir esa futbol akademiyalari ham ishtirok etishmoqda. To'g'ri, hisob yirik hisoblar qayd etiladi. Lekin bu qaror to'g'ri deb o'ylaysizmi?

– Juda ham to'g'ri. Bizning shogirdlarga bu katta motivaciya bo'lmoqda. O'z kuchini Superliga jamoalari bilan solishtirishmoqda. Menimcha bu juda yaxshi qaror.

– Uchta o'yindan qaysi jamoa bilan yana o'ynagan bo'lardingiz?

– "Nasaf" bilan. Ular bizni boshida ayashdi menimcha. Shu sababli.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика