So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  4 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  2 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  16 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  35 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  10 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

"Navbahor" ko'rigidagi serbiyalik futbolchilar o'zbek futboli haqida nima deyishdi? Yangiliklar

"Navbahor" ko'rigidagi serbiyalik futbolchilar o'zbek futboli haqida nima deyishdi?

"Navbahor"ning bugungi mashg'ulotiga ikki nafar serbiyalik futbolchilar – himoyachi Nikola Tasich va yarim himoyachi Marko Putinkanin qo'shilishdi.

- Avvalo, Namanganga xush kelibsizlar!

Nikola Tasich: Rahmat.

- Sizlarni “Navbahor”ga kim taklif qildi?

Marko Putinkanin: Ayni paytda jamoangizda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Drajen Dukich qo'ng'iroq qilib, taklif etdi.

- Yurtimiz futboli borasida nima deya olasizlar?

N.T.: O'zbekiston klublaridan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Navbahor” jamoalarini yaxshi bilaman. Bundan tashqari, "Navbahor"ning muxlislari O'zbekistondagi eng sadoqatli va fidoyi muxlislar ekanligi borasida ham eshitgandim.     

M.P.: Men ham “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Bunyodkor” hamda “Navbahor” klublari haqida malumotga ega edim. SHuningdek, O'zbekiston milliy chempionatida o'ynagan Dragan CHeran, Marko Simich va Marko Stanoevichlar bilan do'stmiz.

Bundan tashqari, O'zbekistonda faoliyat yuritgan ko'plab serbiyalik murabbiylar, jumladan, Deyan Jurjevich, Drajen Dukichlar haqida ham yaxshi bilaman. Dukichning bungacha yurtingizning “Paxtakor” va “Qo'qon - 1912” jamoalarida ishlaganidan ham xabarim bor.

- “Navbahor” haqida qanchalik malumotga egasizlar?

M.P.: Jamoa o'z ananalariga ega, O'zbekistonning eng sovrindor klublaridan biri ekanligi, shuningdek, ajoyib, fidoyi muxlislari bor jamoa ekanligini eshitgandim. Mana bugungi mashg'ulotga ham ko'plab muxlislarning tashrif buyurishgani ham ushbu so'zlarni isbotlamoqda.

O'z navbatida Namanganning O'zbekistondagi yirik shaharlardan biri hamda gullar shahri ekanligi borasida eshitgandim.

So'zim yakunida yana shuni ham shuni ham takidlamoqchimanki, bizni “Navbahor”da juda yaxshi kutib olishdi. Yangi jamoadoshlarimiz bilan tanishib oldik. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Malumot uchun

Nikola Tasich – 1992 yil, 17 yanvarda Serbiya poytaxti Belgradda tug'ilgan.

Ampluasi – himoyachi.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Jeleznik Lavovi” (Belgrad, 2009-2010 yillar mavsumida), “Dinamo” (Vrane, 2010-2011 yillar), “Balkan-Miriyevo” (Belgrad, 2011-2012 yillar), “CHukarichki” (Belgrad, 2011-2013 yillar), “Radnichki” (Nova-Pazova, 2013 yil), “Jeleznik lasta” (Belgrad, 2014-2015 yillar), “Sloboda” (Ujice, 2015-2016 yillar), “Yagodina” (Yagodina, 2016-2017 yillar), “Borac” (CHachak, 2017-2019 yillar),SHveciyaning “Almeboda” (2013-2014 yillar), Qozog'istonning “Qiziljar” (Petropavlovsk, 2017 yil) jamoalarida to'p surgan.

O'tgan mavsumni esa Serbiyaning “OFK Jar” (Belgrad) jamoasida o'tkazgan.

Marko Putinkanin – 1987 yil, 16 dekabrda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug'ilgan.

Ampluasi – yarim himoyachi.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Zemun” (Zemun, 2006 yil), “Bejaniya” (Belgrad, 2007-2008, 2011, 2013-2014 yillar), “Donyi Srem Pecini” (2012 yil), “Radnik” (Surdulica, 2015 yil), “Vojdovac” (Belgrad, 2016-2017 yillar), “Voyvodina” (Novi-Sad, 2018 yil), Albaniyaning “Dinamo” (Tirana, 2009-2010 yillar), Qozog'istonning “Jetisu” (Toldiqo'rg'on, 2014 yil), Sloveniyaning “Olimpiya” (Lyublyana, 2018 yil) jamoalarida o'ynagan.

O'tgan mavsumda “Vojdovac” jamoasida o'ynagan.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика