BALLON D'OR-2025
23 sen 01:50
Yangiliklar
1862 yilda qurilgan va 2000 kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan ushbu teatrda o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi va "Oltin to'p" sovrini topshiriladi. Ushbu marosimni ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin. Sahifani yangilab turish esdan chiqmasin.
01:49. USMON DEMBELE!
01:43. Kechaning asosiy g'olibini afsonaviy Ronaldino elon qiladi.
"Oltin to'p" TOP-10
10. Nuno Mendesh
9. Donnarumma
8. Palmer
7. Mbappe
6. Hakimi
5. Rafinya
4. Saloh
3. Vitinya
2....
1....
01:35. Aytana Bonmati ("Barselona") eng yaxshi ayol futbolchi deb topildi. Bonmati "Oltin to'p"ni ketma-ket uchinchi marta qo'lga kiritmoqda.

01:25. Sahnaga ikkita "Oltin to'p"lar olib chiqildi. Tez orada ularning egalari nomi elon qilinadi. Sahnada Andres Inesta va bu belgi deb o'ylaysizmi?
01:00. "Arsenal" ayollar jamoasi (Chempionlar ligasi g'olibi) va PSJ mavsumning eng yaxshi jamoalari deb elon qilindi.
00:50. Eva Paxor ("Barselona") hamda Viktor Gyokeresh ("Sporting", hozir "Arsenal") "Gerd Myuller" (to'purar) sovrinini qo'lga kiritishdi. Shved o'tgan mavsum 63ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
00:42. Janluiji Donnarumma (PSJ, hozir "Manchester Siti") va Xanna Xemptonlar ("Chelsi" va Angliya terma jamoasi) "Yashin sovrini"ni qo'lga kiritishdi. Donnarumman o'tgan mavsum CHL g'olibi bo'ldi, Xempton esa Angliya bilan Evropa chempionati g'olibiga aylandi.


00:29. Luis Enrike (PSJ) eng yaxshi murabbiy deb topildi. Ammo ayni damda parijliklar mehmonda "Marsel"ga mag'lub bo'lishyapti.

00:23. Sabrina Vigman (Angliya ayollar terma jamoasi) eng yaxshi ayol murabbiy deb topildi.
00:15. "Barselona"ning 19 yoshli ayol futbolchisi Viki Lopes ham "Kopa" sovriniga loyiq ko'rildi.
00:10. Rafael Varan eng yaxshi yosh futbolchiga "Kopa" sovrinini topshirdi. Ushbu sovrinni LAMIN YAMAL qo'lga kiritdi.

00:00. Marosim boshlandi.
23:51. PSJ yulduzlari marosim boshlanishiga tayyor, ammo ayni damda PSJ Liga1 doirasidagi bahsda mag'lubiyatga uchrayapti. Birinchi bo'limdan so'ng hisob "Marsel" - PSJ 1:0
22:15. Mehmonlarni kutib olish jarayoni boshlandi. Qizil yo'lakchada mashhurlar paydo bo'lmoqda. Bu paytda esa reyting elon qilindi.

21:50. Théâtre du Châtelet teatri marosimiga tayyor. Mehmonlar asta-sekinlik bilan tadbirga tashrif buyurishmoqda.

21:30. "Kerak bo'lsa buni 10 marta takrorlayman. Ammo ular bunga tayyor emas" - Vinisius Junior.
O'tgan mavsum sovrin uchun kurashda ikkinchi bo'lgan Vinisius Junior bu safar 16-o'rinni band qildi.

21:15. Navbat 21-25 o'rinlarni egallaganlarga.

21:00. FranceFootball boshladi. Kuchli 30 likka kirgan dastlabki 5 futbolchi nomi malum bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar
Mbappe PSJdan ketib oltin top yutolmadi...
Dembele Barsadan ketib Oltin toʻp yutib ketdi...