So’nggi yangiliklar

16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  2 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  1 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  8 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  0 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  4 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  13 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  19 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  4 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  5 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  7

Xet-trik qayd etgan legioner, raqibni tor-mor keltirgan murabbiy, fint bilan gol urgan futbolchi - Superligada 22-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Xet-trik qayd etgan legioner, raqibni tor-mor keltirgan murabbiy, fint bilan gol urgan futbolchi - Superligada 22-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 22-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 22-turning eng yaxshi darvozaboni – Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" bu tur safarda "Xorazm" bilan bellashdi. Shubhasiz, qo'qonliklar mag'lubiyatga uchramay, durangni saqlab qolishida darvozabon Isaqovning o'rni beqiyos. U yaqin va uzoq masofadan yo'llangan bir qator xavfli zarbalarni bartaraf etdi, bir qator epizodlarda ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi. Shuningdek, jamoadoshlarini doim sergaklikda ushlab turdi va oldinga borishga undadi. Championat.asia xodimlari muhokamalardan so'ng Azizxon Isaqovni 22-turining eng yaxshi darvozaboni deb topdi.


Championat.asia sayti talqinida 22-turning eng yaxshi murabbiyi – Aleksandr Xomyakov ("Buxoro")

Aleksandr Xomyakov bosh murabbiyligidagi "Buxoro" ushbu turni va nihoyat o'z uyida – "Buxoro" futbol akademiyasi maydonida o'tkazdi hamda "Navbahor"ni tor-mor keltirdi. Xomyakov jamoaga yangi kelganiga qaramay, shogirdlarini o'yinga to'g'ri va mukammal tayyorlagani malum bo'ldi. O'sha kuni uning barcha o'ylaganlari va taklik ishlanmalari ish berib, raqib 5:0 hisobida taslim qilindi. Shu tariqa, "Buxoro" yangi ustozi so'zsiz 22-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etidi.  


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 22-turning eng yaxshi futbolchisi – Dominik Begich ("Buxoro")

Sal avval aytganimizdek, "Buxoro" ortda qolgan turda namanganliklar ustidan 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bu uchrashuv Bosniya va Gercegovina vakili Dominik Begichning benifisiga aylanib ketdi. Legioner hujumchi 3 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va Championat.asia ijodkorlari tomonidan tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi.   


Championat.asia sayti talqinida 22-turning eng chiroyli goli muallifi – Xurshid G'iyosov (OKMK)

OKMK bu tur Olmaliqda "Bunyodkor"ni qabul qilib, 5:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi hisobni ochib beruvchi gol juda chiroyli chiqdi. Senaganing erlatib bergan pasidan so'ng markazda turgan vinger Xurshid G'iyosov mahoratini ko'rsatib, o'ziga xos fint orqali to'p kiritdi. Shunday qilib, aynan shu gol Championat.asia talqinida turdagi eng chiroylisi deb topildi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика