Aleksandr Xomyakov: "Nimani reja qilgan bo'lsak, hammasi o'xshadi"
20 sen 22:59
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Nimani reja qilgan bo'lsak, hammasi o'xshadi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor Buxoro shahriga katta futbol qaytgani bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Bugun stadionda yaxshi muhit hukmron surdi, futbolchilarimiz maza qilib harakat qilishdi. Umuman olganda nimani reja qilgan bo'lsak, hammasi o'xshadi. Bu g'alaba avvalo futbolchilarniki. Yigitlar birinchi taymdayoq vazifani bajarib qo'yishdi. Yana bir bor hammani g'alaba bilan tabriklayman.
- "Andijon"da ishlagan paytingiz "Navbahor" bilan ko'p bor to'qnash kelib g'alaba qozongansiz. Yani bu jamoani yaxshi bilasiz. Bugungi g'alaba siri "Navbahor"ni yaxshi bilganingizdami yoki yangi jamoaga tez kirishib ketdingizmi?
- Biz murabbiylar doim jamoalarni kuzatib boramiz. Bugungi o'yinga kelsak, yigitlarga qanday harakat qilishni uqtirgandik va hamma fikrimizni tezda tushunib etdi. Biz o'yin boshidan oxirigacha yaxshi o'yin ko'rsatishga va ehtiyotkorlikni yo'qotmaslikka harakat qildik. Yana qaytarib aytaman, bugungi g'alaba avvalo futbolchilarniki.
- Bugungi bahsda uchta gol urgan Dominik Begich haqida fikringiz? U "Buxoro"ning "sehrli tayoqchasi"mi?
- Bu savolga hozir javob berish qiyin. Bugun Begich jamoaga foyda keltirdi. Uning harakatlari menga maqul keldi. Lekin Begich hali ko'p o'yinlarda yordam berishi kerak.
- Oldinda "So'g'diyona"ga qarshi Kubok uchrashuvi kutmoqda. Bugungi g'alabadan keyin yigitlar o'zlarini yo'qotib navbatdagi bahsga tayyorgarlik sust bo'lib qolmasmikin?
- Biz nimagadir erishdik deb aytishga hali erta. Agar ketma-ket 3-4ta bahsda g'alaba qozonsak bu boshqa gap. Lekin hammamiz tushunib turibmiz, besh kundan so'ng yana bir jiddiy o'yinni o'tkazamiz. Kubok uchrashuvi qanchalik jiddiy ekanini hammamiz bilamiz. Menga ayting-chi, "Buxoro" qachondir Kubok finalida o'ynaganmi?
- Yo'q. Ancha oldin yarim finalda o'ynagan.
- Demak, jiddiy ishlashimizga va hozirdan bayram qilmaslikka asos bor. Avval maqsadga erishaylik.
- Bugun Begich - Tabatadze - Amonov triosini ko'rdik va ular juda yaxshi harakat qilishdi. Keyingi o'yinlarda ham ushbu trioni asosiy tarkibda ko'ramizmi?
- Biz raqibning o'yin uslubidan kelib chiqib uchala futbolchini asosiy tarkibda tushirdik. Keyingi bahslarda ham raqib o'yin uslubidan kelib chiqqan holda taktika tuzamiz.
- Klub bilan qancha muddatga shartnoma tuzdingiz va rahbariyat tomonidan qanday vazifa qo'yildi?
- Balki bu savolni o'tkazib yuborarmiz. Vazifa nima bo'lishi mumkin, albatta birinchi navbatda jamoani Superligada olib qolish.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar