Superliga. "Neftchi" markaziy to'qnashuvda "Dinamo"dan ustun keldi va peshqadam "Nasaf"ga ancha yaqinlashdi
20 sen 21:15
Yangiliklar
Superliga. "Neftchi" markaziy to'qnashuvda "Dinamo"dan ustun keldi va peshqadam "Nasaf"ga ancha yaqinlashdi
Superliga
22-tur
"Neftchi" – "Dinamo" 2:1
Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:15
Gollar: Boyan Ciger 14', Vladimir Yovovich 83' – Anvarjon Hojimirzaev (Jahongir Abdusalomov) 16'
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR: Abdurashid Xudayberganov
AVAR: Anvar Marajabov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (34.Farruh Sayfiev, 76), 7.Abror Ismoilov, 9.Joel Kojo (15.Shahzod Nematjonov, 68), 10.Jamshid Iskanderov (11.Quvondiq Ro'ziev, 89), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (8.Vladimir Yovovich, 76), 23.Yovan Jokich.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 24.G'ulom Haydar Gulyamov, 32.Zoran Marushich, 33.Shohruh Yoqubjonov, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin (27.Edem Nemanov, 46), 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 10.Anvarjon Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey (23.Behruzbek Oblaqulov, 74), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (88.Marko Stanoevich, 81), 37.Firdavs Abdurahmonov (11.Xislat Xalilov, 81), 55.Dmitriy Pletnyov, 77.Mahmud Mahamadjonov.
Zaxira 4.Akbar Abdirasulov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 22.Ulug'bek Abdullaev.
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdusalomov (20), Ibrohimhalil Yo'ldoshev (34), Anvar G'ofurov (78), Jaloliddin Jumaboev (80).
UCHRASHUV YAKUNLANDI! "NEFTCHI" G'ALABA ORQALI OCHKOSINI 45 TAGA ETKAZIB OLDI – CHEMPIONAT ETAKCHISI BILAN ORADAGI FARQ 1 OCHKONI TASHKIL ETMOQDA.
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.
89. "Neftchi"da o'zgarish: Iskanderov o'rniga Ro'ziev uchrashuvni tugatib qo'yadi.
86. "Dinamo" katta kuch bilan oldinga intilmoqda. "Neftchi" esa himoyani mustahkam tutishga urinadi.
83. GOL! G'ofurovning uzun pasidan so'ng Kucherenko bosh bilan muvaffaqiyatsiz o'ynadi va to'p Yovovichga qadar etib keldi, u to'pni ko'kragi bilan qabul qilib, chap oyoqdagi zarbasi orqali darvozabonni ojiz qoldirdi – 2:1!
81. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Abdusalomov o'rniga Stanoevich, Abdurahmonov o'rniga Xalilov bahsni davom ettiradi.
80. Jumaboev Jokichni yiqitdi va ogohlantirildi.
78. G'ofurov Hojimirzaevga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
76. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: Yo'ldoshev o'rniga Sayfiev, Odilov o'rniga Yovovich tushirildi.
74. "Dinamo"da almashtirish: Fraydey o'rniga Oblaqulov qo'shildi.
72. Zarba! Odilovning uzatmasidan so'ng Nematjonov bosh bilan noaniq zarba berdi.
69. Zarba! Iskanderovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Muhsin Ubaydullaev bosh bilan darvozaga yo'naltirishga urindi, noaniq.
68. "Neftchi"da o'zgarish: Kojo o'rniga Nematjonov bahsni davom ettiradi.
67. Uuux! Abror Ismoilovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi Nemanov tomonidan qaytarildi!
66. Fraydey raqib jarima zarbasini olishiga xalaqit qilmoqda, bundan Yo'ldoshev va Aliboev juda norozi.
63. Zarbaa! Hojimirzaev darvozabon bilan deyarli birga-bir holatga chiqib ketib, darvoza pastki burchagini poyladi, noaniq.
62. Zarbaaa! Alisher Odilovning erlatib yo'llagan zarbasini Nemanov bartaraf etdi!
59. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 51% – 49%. Shu bo'yicha ham tenglik.
55. Uuux! Darvozabon to'pga chiqish chog'ida xatoga yo'l qo'ydi, natijada Fraydey darvozaga yo'l topishiga bir baxya qoldi.
51. "Neftchi" o'ng qanot orqali hujum boshlayotgandi, biroq to'pni yo'qotdi.
48. Ratino Kojoga qarshilik qilish chog'ida biroz noqulay yiqildi. Unga tibbiy yordam zarur.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Dinamo"da o'zgarish: Yagudin o'rniga Nemanov tushirildi.
Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus!
45+6. Uuuux! "Dinamo"ning qarshi hujumi xavfli zarba bilan yakun topdi. Hojimirzaev "pushka" orqali Ergashevni sinodan o'tkazdi!
45+1. Uuux! Iskanderovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
45. Birinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.
42. Ergashev to'pni ushlagach, Ubaydullaev uning qo'liga zarba berib yubordi. Hakam futbolchini og'zaki ogohlantirdi.
41. Kojo va Mahamadjanov to'qnashib ketdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatildi.
39. Uuux! Yo'ldoshevning olis masofadan bergan zarbasini Yagudin qaytardi! Yaxshi zarba va seyv!
38. Zarba! Firdavs Abdurahmonovning aylanma zarbasi xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.
36. Zarba! Mahamadjanovning uzatmasidan so'ng Abdurahmonov bosh bilan biroz noaniq zarba yo'lladi.
34. Yo'ldoshev Fraydeyni ortdan turib yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
32. Zarba! Hojimirzaevning qulay pasidan so'ng Pletnyov darvoza tomon aniq zarba berolmadi.
30. Zarbaaa! Richard Fraydeyning zarbasidan keyin to'p G'ofurovga tegib maydonni tark etdi.
28. Abror Ismoilov chap qanotdan oldinga o'tayotgan Firdavs Abdurahmonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
24. Uuux! Ismoilov-Kojo-Jokich kombinaciyasidan so'ng xavbek darvozaga yo'l topdi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi.
22. O'yin kutilganidek markaziy maqomida o'tmoqda. Har bir qarich er uchun kurash avjida!
20. Abdusalomov maydon markazida Ubaydullaevga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.
16. GOL! "Dinamo"dan tezkor javob: Abdusalomovning pasidan so'ng Hojimirzaev birga-bir holatga chiqib bordi va chap oyoqda darvozani ishg'ol etdi – 1:1!
14. GOL! Iskanderovning burchakdan oshirib bergan to'pini Kojo darvozaga yo'naltirdi, u himoyachiga tegib ortga qaytdi, qaytgan to'pni Boyan Ciger darvozaga kiritdi – 1:0!
13. Uuux! Yo'ldoshevning qanotdan oshirib bergan to'piga Iskanderov ulgurmay qoldi, aks holda uchrashuvda hisob ochilardi...
11. "Neftchi" to'pga egalik qilgan holda hujumdagi omadini izlayapti, to'p chan qanotdan o'ngga qadar etib keldi.
9. Ratino Iskanderovdan to'pni olib qo'yishga astoydil intilib, qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.
5. Abdusalomov jarima maydonchasi ichida yotibdi. U to'pga zarba berayotgan Ikrom Aliboev bilan to'qnashgandi.
3. Muxlislar "Istiqlol" stadionini sariq tusga kiritishdi. To'pni ko'rishda biroz qiyinchilik bor :)
1. Bahs boshlandi!
- Uchrashuv 19:15 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar
Нефтчи жамоамиз мухлисларига табрик, ғалаба муборак бўлсин!
Аслида Насаф ҳам Динамо ҳам ҳурматга сазовор жамоалар..
Мана шу тушунганимдан қўрқиб кетдингиз.
Аслида дил ба ёру даст ба кор. Дилим Аллоҳда, қўлим ишда.