"Barselona" Holandga ko'z tikdi
22 sen 2025 16:14
Yangiliklar
"Barselona" Holandga ko'z tikdi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadigan Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirmoqda.
"Football Insider" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand bu rolga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
Klub 25 yoshli norvegiyalik futbolchini yuqori darajadagi faoliyatini yakunlash arafasida turgan 37 yoshli Levandovskining o'rnini bosa oladigan uzoq muddatli hujumkor etakchi sifatida ko'rmoqda.
Holand 2022 yildan buyon "Siti"da to'p tepib keladi va "shaharliklar" uchun 151 o'yinda 130 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Angliya chempioni bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, transfer narxi 180 mln evro etib belgilangan.
O’xshash yangiliklar
08:46
"Agar ochkolarni yo'qotsak, hamma narsa tugaydi". Gvardiola - "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida 3
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar