Ruben Diash: "Arsenal" bilan o'yin biz uchun noodatiy kechdi"
22 sen 18:54
Yangiliklar
Ruben Diash: "Arsenal" bilan o'yin biz uchun noodatiy kechdi"
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash jamoasining "Arsenal"ga qarshi safardagi durangi (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Biz muhim ochko oldik, ammo yakunda g'alabani qo'ldan boy berib qo'yganimiz alamli bo'ldi. To'pga egalik qilish borasida biz uchun noodatiy o'yin bo'ldi, biroq biz jipslashib o'ynadik va natija uchun kurashdik. O'yinni nazorat qilayotganimizni yaqqol his qilib turdim. "Arsenal" to'pga ega edi, lekin haqiqiy xavfli vaziyatlar yarata olmadi. Bu bizni yanada xafa qilayotgan jihat", – dedi Diash.
"Siti" bu o'yinda bor-yo'g'i 32,8% to'pga ega bo'ldi, bu Gvardiola bosh murabbiyligidagi ichki chempionatlardagi jamoalar tarixida eng yomon ko'rsatkichdir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar