"Real" "Oltin to'p" marosimini boykot qildi
22 sen 17:38
Yangiliklar


"Real" "Oltin to'p" marosimini boykot qildi
Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, bu qarorni "Real" prezidenti Florentino Peres qabul qilgan. Bunga madridliklar hujumchisi Vinisius Juniorning 2024 yilda sovrin ololmagani sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Vini 2024 yilgi "Oltin to'p" uchun so'rovnomada "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodriga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egallagandi.
2024 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun davogarlar qatorida "Real"ning 7 nafar vakili ham bor edi. Eng yaqin taqibchilar "Manchester Siti" va "Arsenal"ning har birida to'rttadan vakil bo'lgan. Qayd etish joiz, Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.
2025 yilgi "Oltin to'p" uchun "Real"ning 3 nafar futbolchisi davogar: angliyalik Jud Bellingem, franciyalik Kilian Mbappe va braziliyalik Vinisius.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar