"Navbahor" yana bir legioner bilan shartnoma imzoladi
08 jan 2019 12:34
Yangiliklar


"Navbahor" yana bir legioner bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumda ham yuksak maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi mavsumlar oralig'idagi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanishga harakat qilmoqda. Bugun “lochinlar” yana bir yangi legioner futbolchi bilan shartnoma imzolashdi. Bu ukrainalik hujumchi Aleksandr Kasyan.
Mazkur forvard 1989 yilning 27 yanvarida Ukrainaning Doneck viloyatida tavallud topgan. Kasyan bungacha Ukrainaning “Ilichevec” (Mariupol), “SHaxtyor” (Doneck), “Zarya” (Lugansk), “Karpati” (Lvov), Rossiyaning “Tom” (Tomsk), “Ximik” (Dzerjinsk), “Fakel” (Vorenej), “Baltika” (Kaliningrad) va Kurskning “Avangard” jamoalarida to'p surgan. SHuningdek, Ukraina U-17 hamda Ukraina U-21 terma jamoalarida ham o'ynagan.
Biz – Kasyanga sevimli jamoamiz tarkibida omad yor bo'lib, o'z gollari bilan “Navbahor” muxlislarini xursand etishi, shuningdek, “lochinlar”ning zafarlariga munosib hissa qo'shishini tilab qolamiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar