Ruslanbek Jiyanov: "Ikkinchi taymda o'yinimiz ochildi"
03 avg 09:30
Yangiliklar
Ruslanbek Jiyanov: "Ikkinchi taymda o'yinimiz ochildi"
"Navbahor" azosi Ruslanbek Jiyanov Superliga 16-tur doirasidagi "Dinamo" (2:2)ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun ikki jamoa muxlislari ajoyib atmosfera yaratib berishdi. Ularga rahmat aytaman. Namanganlik muxlislarga uzoq masofa bosib, bizni qo'llab-quvvatlashga kelishgani uchun rahmat. Ikki jamoa ham medallar uchun kurashmoqda. Birinchi bo'limda o'yinga moslasha olmadik, sababi katta tanaffus bo'lgandi. Ikkinchi taymda esa o'yinimiz ochildi. Bosh murabbiyimiz aytganidek, ko'pgina futbolchilar yig'inga kech qo'shilishdi. Transferlar so'nggi kunlarda amalga oshirildi. Maqsadlarimiz har doim yuqori bo'lib kelgan. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Rahbariyat ham bizdan shuni talab qilmoqda." - dedi Ruslanbek Jiyanov bugungi bahs haqida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar