"Navbahor" uchun yomon xabar! "Al Ittihod"ning asosiy yulduzi mashg'ulotlarga qaytdi
06 fev 2024 01:27
Yangiliklar
"Navbahor" uchun yomon xabar! "Al Ittihod"ning asosiy yulduzi mashg'ulotlarga qaytdi
15 fevral kuni "Navbhor" OFK CHempionlar ligasi nimchorak final birinchi o'yinlari doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini qabul qiladi.
Ushbu bahsga 10 kun qolganda "Al Ittihod"dan ko'ngli to'lmayotgan va Evropaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan Karim Benzema uzoq tanaffusdan so'ng Saudiya Arabistoni klubi mashg'ulotida ko'rinish berdi.


"Al Ittihod"ning Instagramdagi sahifasi ushbu suratlar bilan bo'lishdi.
Oldinroq, Benzema "Al Ittihod" tarkibi kuchayishini xohlayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
"Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvi 15 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar