So’nggi yangiliklar

21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  0 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  11 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  4 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0

"Nasaf": Bugun "Dinamo" bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Nasaf": Bugun "Dinamo" bilan o'ynaymiz

Teglar :  NasafDinamo
Bugun oliy liga 10-turining eng qiziqarli bahslaridan biri Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.

Bunda yon qo'shnilar, Samarqand va Qarshi shahrining jamoalari o'zaro bellashadi. Uchrashuv “Dinamo” stadionida soat 17:30da boshlanadi.


O'zPFL, 10-tur
“Dinamo” (Samarqand) – “Nasaf” (Qarshi)
13.05.2017. “Dinamo” stadioni. 17:30da
 
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Xusniddin SHodmonov, Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxorodan)
Zaxira hakami: Aleksandr Lupashko (Toshkent)
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent)
zPFL vakili: Aleksey Frolov
 
“Ajdarlar” uchun bugungi uchrashuv oliy ligadagi 597-bo'ladi. SHu paytgacha jamoamiz 335 uchrashuvda g'alabaga erishgan. Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy sifatida o'z shogirdlarini  131-uchrashuvda maydonga boshlab tushadi.

Berdiev boshchiligida “Nasaf” hali biron marta “Dinamo”ga mag'lub bo'lmagan.

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha  36 bor kuch sinashishgan.  Natijalar jamoamizning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 19 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o'yinda esa “Dinamo” g'alabaga erishgan. 10 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 34:51ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

Ushbu jamoalar shu paytgacha Samarqandda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning oltitasida jamoamiz g'alaba qozongan. Besh uchrashuvda samarqandliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan etti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 39ta to'p kiritilgan. To'plar nisbatida ham kichik ustunlik  “Nasaf” tomonida 19:20.

Samarqandda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarda so'nggi bor, 2008 yili “Dinamo” 3:0 hisobida g'alabaga erishgan. “Nasaf” so'nggi bor, Samarqandda 2014 yili g'alaba qozongan. Bu uchrashuvda “ajdarlar” raqiblari darvozasiga beshta javobsiz to'p yo'llashgan.

Barcha futbol ishqibozlarini “Dinamo” stadioniga chorlab qolamiz!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика