So’nggi yangiliklar

22:18Рой Кин МЮни огоҳлантирди: "Кэррик "иблислар" учун эмас, тайёр 3 та супер номзод бор!"  1 22:00Абрамовичнинг найранглари панд берди: "Челси" рекорд жарима ва трансфер тақиқига учради  0 21:23Гвардиола: "Реал" ҳам кўп ютқазган"  2 20:38Болбойни йиқитган Нету жазодан қутулиб қолди  0 20:32Анчелотти "Реал"даги муаммолар ҳақида: "Мбаппенинг келиши Кроос ва Начонинг кетишига тўғри келди, ўзгаришлар доим ҳам силлиқ кечмайди"  1 19:57Жеррард "Ливерпул"дан қўнғироқ кутмоқда  7 19:30Руни Кэррик ҳақида қандай фикрда?  2 19:02"Реал" юлдуз футболчи учун 160 млн евро тўлашга тайёр. У Пересга ёқади  6 18:35"Челси"да босим ортиб бормоқда: Росеньор кетиши мумкин  1 18:07Сарри: "Модрич — камтарликнинг ҳақиқий намунаси"  0 17:39"Нефтчи" "Пахтакор"ни ютиб, Суперкубокни қўлга киритган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  15 17:17Бекобод шаҳри Ўзбекистон Кубоги финали ёки Суперкубокка мезбонлик қилиши мумкин?!  3 16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  19 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  13 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5

“Napoli” – “Barselona”. Kike Seten va Jennaro Gattuzo o'yindan oldin nimalar deyishdi? Yangiliklar

“Napoli” – “Barselona”. Kike Seten va Jennaro Gattuzo o'yindan oldin nimalar deyishdi?

Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan “Napoli” va “Barselona” jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan ikkala klub bosh murabbiylari o'rtasida matbuot anjumani o'tkazildi.

Kike Seten: “Men doim shogirdlarimga kuchli o'yinlar paytida kuchni etarlicha taqsimlashni o'rgatganman.  Raqib xatolarini kutishimiz kerak.  Bu bugungi o'yinda ham asosiy rejalarimizdan biri bo'lib qoladi. “Napoli”ni etarlicha o'rganib chiqdim. Guruh bahslarida super natijalar qayd etishdi. Ular bu mavsumda “Liverpul”ni mag'lub etishdi. Hech bir o'yinga beetibor qarash kerak emas, ayniqsa u CHempionlar ligasida bo'lsa. SHuning uchun o'zimizni yaqqol favorit demagan bo'lardim. “Napoli”ni ichki chempionatda ishlari uncha ham yaxshi emas. Bor kuchlarini ushbu musobaqaga tashlaganlari aniq”. 

Jennaro Gattuzo: “Bizni katta imtixon kutib turibdi. Futbolchilarimning kayfiyati uncha yomon emas. Ular buyuk klubga qarshi o'z maydonlarida harakat qilishadi. Stadionimiz super muhitni yaratib berishga tayyor. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, bizda raqibga qarshi umuman qo'rquv yo'q. Tan olib aytamanki, “Barsa” so'nggi 15 yillikning eng yaxshi klublaridan. Tarkibimizda  sezilarli yo'qotish mavjud – Kulibali jarohati sabab qaydnomaga kiritilmadi. Ammo bu bugun bor imkoniyatlarimizdan foydalanishimizga to'sqinlik qilmaydi deb o'ylayman”. 

Eslatib o'tamiz, “Napoli” – “Barselona” uchrashuvi tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика