MYU sobiq darvozaboni klubda o'tkazgan davrini yoqtirmasligini aytdi
24 fev 2024 18:48
Yangiliklar
MYU sobiq darvozaboni klubda o'tkazgan davrini yoqtirmasligini aytdi
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Ben Foster "qizil iblislar" safida o'tkazgan yillarini yoqtirmasligini malum qildi.
Posbon 2005 - 2010 yillar mobaynida MYU tizimida to'p tepgan. Bu vaqt oralig'ida u bor yo'g'i 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor Liga Kubogida zafar quchgan. Manchesterliklar darvozasini o'shanda Edvin van der Sar va Tim Xovard himoya qilishgan.
"Hozir o'sha davrlardagi, "Manchester Yunayted" safidagi o'zimga qarasam, to'g'risi, bu men emasman. SHu qadar g'o'r edimki, hayotda hech nimani tushunmagan ekanman, faqat atrofimga qarab yuraverganman.
O'zimni noqulay his qilardim, xato qilishdan qo'rqardim va dunyodagilar men haqimda nima deyishidan xavotir olardim. Bu esa ancha yomon holat".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar