MYU Morata bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Agent bilan muzokaralar ijobiy o'tdi
11 avg 2022 10:38
Yangiliklar
MYU Morata bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Agent bilan muzokaralar ijobiy o'tdi
Alvaro Morata "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, MYU "Atletiko" forvardining transferiga qiziqmoqda. Ispanning agenti bilan ilk muzokaralar ijobiy o'tdi. SHu bilan birga, "Atletiko" boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolaganidan so'ng Moratani sotishga tayyor bo'lishi mumkin.
Alvaro so'nggi ikki mavsumni "Yuventus"da ijarada o'tkazdi. U A Seriya doirasidagi 67ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 16ta assist qayd etdi. Forvardning madridliklar bilan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Morata "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida xet-trik qayd etgan edi. "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone forvardga unchalik ishonch bildirmayapti, shu sabab ispan klubi uni "Manchester Yunayted"ga taklif etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar