So’nggi yangiliklar

18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  21 18:54"Бёрнли" — "Арсенал" ва "Ноттингем Форест" — МЮ ўйинлари учун таркиблар маълум  3 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  6 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  0 16:25Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди  0 16:03МОҚ раҳбарияти ОФК президенти билан кўришди  0 15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  2 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  3 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  10 14:10Қашқадарё футбол академияси фойдаланишга топширилди  3 13:50Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди  0 13:29Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар)  3

MYU "Arsenal"ning ideal startini barbod qildi: Antoni birinchi o'yindayoq gol urdi, Reshford esa qarshi hujumlarda jazoladi Yangiliklar

MYU "Arsenal"ning ideal startini barbod qildi: Antoni birinchi o'yindayoq gol urdi, Reshford esa qarshi hujumlarda jazoladi

Ten Xagda ketma-ket to'rtinchi g'alaba.


"Manchester Siti" shanba kuni "Aston Villa" (1:1)ga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi, shu sabab "Arsenal" kattaroq farq yuzaga keltirib, oldinga o'tib ketishi mumkin edi. "Old Trafford"da g'alaba qozonish kerak edi. Ammo, "Manchester Yunayted" g'alabani tantana qildi — 3:1.


Barchasi ikki darvoza oldida ham vaziyatlar yuzaga kelishi bilan boshlandi — Eriksen va Sanchoning xavfli zarbalariga "Arsenal" Martinellining bekor qilingan goli (hujum davomida Edegor Eriksenga nisbatan qoidani buzgan edi) bilan javob qildi. Gabriel shundan so'ng yana ikki marta De Xeaning "tinchini buzdi", ammo golni boshqa bir braziliyalik urdi.


Antoni jarima maydonchasi ichida Reshforddan pas qabul qilib oldi va bir zarba bilan to'pni uzoq burchakka yo'naltirdi. "Manchester Yunayted"ning 95 millionlik yangi o'yinchisidan ilk gol. Bu 35-daqiqada ro'y berdi.



Tanaffusdan so'ng MYU ustunlikni "Arsenal"ga berdi va past blokda harakatlandi. SHunga qaramay, Edegor va Sakada vaziyatlar bo'ldi. Erik ten Xag 58-daqiqada ilk bor o'yinchi almashtirdi — Antoni o'rniga Krishtianu Ronaldu tushdi. 2 daqiqadan so'ng esa "kanonirlar" hisobni tenglashtirishdi — Saka o'ziga kelgan to'pni to'g'ri burchakka yo'naltirib yubordi.



"Arsenal" ikkinchi golni urishga biroz shoshildi va buning uchun tovon to'ladi. "Yunayted" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng Reshfordni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Birinchisida ofsayd bor edi, ammo ikkinchisida Markus to'g'ri joyda paydo bo'ldi va darvozabondan ustun keldi — 2:1.


10 daqiqadan so'ng uchinchi gol ham shunga o'xshash vaziyatda urildi. Brunu Eriksenni oldinga chiqardi va vaziyat so'nggida Reshford ochiq darvozaga gol urdi. "Arsenal" himoyachilari yana ortda katta zona qoldirishdi, MYU esa jazoladi — 3:1.


"Arsenal"ning besh o'yinlik g'alabadan tashkil topgan ideal starti barbod bo'ldi, "Manchester Yunayted" esa dastlabki ikki mag'lubiyatdan so'ng to'rtta g'alabaga erishdi.


Qiziqarlisi, ikki murabbiy ham o'yindan mamnun bo'lishmadi. Arteta ustunlik haqida gapirdi.



"Juda xafaman, ayniqsa o'yinning 95 daqiqa qanday o'tganini hisobga olsak. Bizda o'yinni to'liq nazorat qilgan paytlar ko'p bo'ldi. Vaziyatlar ketidan vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. MYUda bo'sh zona bo'lganda, ular muammolar yaratishi mumkin. Raqibda yaqqol uchta vaziyat bo'ldi — ular barchasidan gol urishdi".


Ten Xag esa reja amalga oshmaganini, ammo kuchli himoya o'yinni yutganini aytdi.


"Bizda yaxshi reja bor edi, ammo biz uni maydonda ro'yobga chiqara olmadik va bizda bo'lishi kerak bo'lgan narsa, yani o'yinni nazorat qila olmadik. Bizda muammolar paydo bo'ldi va biz kurashdik, buni ko'rish yoqimli. Menga shunday xarakater yoqadi. "Arsenal"ning hujumlaridan xavotirga tushmadim, ular yaxshi o'ynashdi, ammo biz ajoyib himoyalandik — menda hech qachon bizni "sindirishadi" degan hayol bo'lmadi. Raqib ko'p va o'zgacha harakatlandi, ammo biz o'n bir o'yinchi bo'lib himoyalandik.


O'yinning eng yaxshi o'yinchisi Reshford bo'ldi. Hujumchida hozirga 3ta gol bor: "Arsenal"ga qarshi dubl va "Liverpul"ga qarshi g'alaba goli.


G'alaba MYUni jadvalda beshinchi o'ringa olib chiqdi — "CHelsi" va "Liverpul"dan yuqori, "Arsenal" va birinchi o'ringacha 3 ochko bor.


"Manchester Yunayted" – "Arsenal" 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 35 Antoni, 1:1 – 60 Saka, 2:1 – 66 Reshford, 3:1 – 75 Reshford.

"Manchester Yunayted": De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines (Maguayr, 80), Malasia, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini, Reshford (Kazemiro, 80), Sancho (Fred, 67), Antoni (Ronaldu, 58).

"Arsenal": Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 80), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Nketia, 74), Jaka, Edegor (Smit-Rou, 74), Lokonga (Fabiu Vieyra, 74), Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.

Ogohlantirishlar: Saliba (24), Maktomini (71), Gabriel Jezus (77), Maguayr (81), Saka (87), Eriksen (90).


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика