So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  23 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  2 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  7 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   12 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  9 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  19 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  19 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  33

Mutolaa uchun. Osiyoda tengsiz deb topilgan suriyalik "javohir" Omar Xrbin haqida Yangiliklar

Mutolaa uchun. Osiyoda tengsiz deb topilgan suriyalik "javohir" Omar Xrbin haqida

Osiyo Kubogidagi dastlabki raqibimiz Suriyaning tarkibiga nazar tashlar ekanmiz, terma jamoa afsonasi Omar As Somaning Kuperning ro'yxatiga kirmagan ajablantirdi.

Lekin Suriya terma jamoasi tarkibida As Somadan qolishmaydigan "snayper" bor. Omar Xrbin nomi barchangizga tanish. Turli yoshdagi terma jamoalar, Jahon chempionatlari saralashlarida darvozabonlarimizni ko'p ranjitgani bilan yodda qolgan.

2017 yil dekabr, Tailand. Bangkok shahridagi marosimlar zalida OFK Osiyoning eng yaxshilari elon qilishni boshladi. Barcha nominaciyalar qatori navbat qitada yil futbolchisini aniqlashga keldi. Nomzodlar uchligidan xitoylik Vu Ley ("Guanchjou Evergrand"), BAAdan Omar Abdulrahmon va suriyalik Omar Xrbin joy olishdi. Yakunda sovrin Xrbinga topshirildi va u ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko'rilgan dastlabki suriyalik futbolchiga aylandi.

Omar Xrbin professional faoliyatini boshlagan yilda Suriyada hali fuqarolar urushi boshlanmagan, biroq mamlakatda siyosiy notinchlik hukmronlik surardi. Yosh yigitcha urush futbolni butkul izdan chiqarishini kutmagandi. Futbolga bolaligidan qiziqishni boshlagan Omar akasi Muhammadni yashil maydonda to'p tepishini ko'rib havas qiladi va futbolchi bo'lishga jiddiy qadam tashlaydi. U o'zining kelajagini allaqachon belgilab olgandi. Damashqlik yosh forvard dastlab Suriyaning “Al Vaxda” klubida faoliyatini boshlaydi. Mamlakatdagi qaltis vaziyat sababli u Iroqqa ko'chib o'tadi va mahalliy “Al-Quva Al-Javiya” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. 20 yoshida Iroq chempionatining hujumchisiga aylangan Xarbin to'purarlik xislatlarini boshlab yuboradi. U ikki yil davomida 30ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta golga mualliflik qiladi. 2015 yilda hujumchi Iroqning boshqa bir klubi “Al-Minaa” klubiga o'tadi va bir mavsum davomida faol to'p tepib sermahsullik qayd etadi, 10ta o'yinda 10ta gol. Bu orada ona vatanidagi urush, qiyinchiliklarning sovuq nafasi Iroqda ham sezilib turardi. Yuzaga kelgan qaltis vaziyat qahramonimizning irodasini yanada toblagan edi. SHuning uchun u har qanday muammolarga va qiyinchiliklarga tayyor turardi. Faoliyatini cho'qqisiga ko'tarilishi uchun esa kuchliroq va darajasi yuqoriroq klubga o'tishi kerak edi.

Omar Xrbin hozirgi kunda Suriya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi hisoblanib, transfermarket portali uni 4,50 million evroga baholagan

Malumotlarga qaraganda, Xrbinning jamoaga kelishini va shartnoma imzolashini taniqli argentinalik murabbiy Ramon Dias istagan ekan. Mutaxassis boshqaruvida futbolchi jamoaning asosiy hujumchisi sifatida gavdalandi. OCHLda bir qator muhim gollarni urdi. Yarim finalning birinchi o'yinida u “Persipolis” darvozasiga javobsiz bir o'zi uchta to'p kiritdi va jamoa bilan 4:0 hisobidagi g'alabani nishonladi. Omarning 2018 yil 13 yanvar kuni “Al Ittihod”ga qarshi o'yinda orttirib olgan jarohati faoliyatiga jiddiy tasir o'tkazdi. SHu bois u OCHL qaydnomasiga kiritilmadi. Keyingi yilni u bir tekis o'tkaza olmadi, sport formasiga va avvalgi holatiga qaytishi murakkab kechdi. “Al Hilol” rahbarlari uning o'rniga yangi futbolchilarni, legionerlarni olib keldi. Natijada u Misrning “Piramidz” jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Bu futbolchining faoliyatidagi pasayish davri boshlanganidan dalolat berardi.

Xrbin bugungi kunda Suriya terma jamoasining etakchilaridan biri sanaladi. 2012 yil 20 noyabr kuni milliy jamoa bosh murabbiy Marva Xuri 18 yoshlik Xrbinni Iroq bilan o'rtoqlik o'yiniga taklif qiladi. 2016 yil olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatiga saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin oldi. Uchinchi turga qadar vakillarimiz ham, Suriya ham guruhdagi qolgan ikki raqib Hindiston va Bangladeshni qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi. Faqatgina birinchi o'rinni egallagan jamoalargina Qatardagi musobaqaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritardi. Ikkinchi o'rin sohibining taqdiri esa qolgan termalarning natijasiga bog'liq bo'lib qolardi. Uchinchi hal qiluvchi turda O'zbekiston va Suriya guruhda birinchi o'rinni olish uchun maydonga chiqishadi. Unda esa Suriya Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarini kichik 2:1 hisobida yutadi va ortiqcha muammosiz final bosqichiga chiqadi. Bellashuvda darvozamizga kiritilgan ikki golni Omar Xarbin uradi. Mazkur saralashda u 6ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi bo'ladi.

“Biz saralashda juda og'ir uchrashuvlarni o'tkazdik. Maydonda bir tan, bir jon bo'lib harakat qildik. Bor kuchimizni ishga soldik. Butun Suriya xalqiga quvonch bag'ishlashni istagandik. Ammo, omad bizdan yuz o'girdi. SHunga qaramay biz yurtimiz sharafini munosib himoya qildik deb baralla ayta olaman”,- deya tan oldi.


2021 yil Misr ehromlaridan amirliklar tomon yo'lga tushdi. U erda "Al Vahda" jamoasi kutardi. "Al Vahda"dagi debyut mavsumida 25ta o'yinda 15ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi bo'ldi. Bir mavsum "SHabab Al Ahli"dagi faoliyatidan so'ng bu mavsum yana "Al Vahda" sharafini himoya qilmoqda. Hozirda u BAA chempionatida, "Al Vahda" tarkibida 9ta gol bilan to'purarlar poygasida Kojo Labadan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика