Mourinyu: “To'rtta 0:1 dan ko'ra, bitta 0:4 afzal”
05 sen 2022 08:15
Yangiliklar
Mourinyu: “To'rtta 0:1 dan ko'ra, bitta 0:4 afzal”
A Seriya doirasida o'tgan “Udineze”ga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyatdan keyin “Roma” ustozi Joze Mourinyu o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Og'ir o'yin, bunday bahslarda qanday o'ynash kerakligini biladigan qiyin raqib.
Uchrashuv boshida Paulo Dibalada gol urish uchun qulay imkoniyat tug'ildi. Natijani aytmasa, Paulo maydonda eng yaxshi futbolchi bo'ldi.
To'rt marta 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan ko'ra, bitta uchrashuvda 0:4 natijasi bilan yutqazishni afzal ko'raman, chunki yakunda biz 12 ochko emas, atigi 3 ochko yo'qotdik”, deydi portugaliyalik.
Eslatib o'tamiz, rimliklar mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi. Hozirda jamoa A Seriya turnir jadvalida 10 ochko bilan 5-o'ringa tushib qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar