Morata tizzasidan jarohat oldi va yig'lab yubordi
12 fev 2024 02:07
Yangiliklar
Morata tizzasidan jarohat oldi va yig'lab yubordi
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "Sevilya"ga qarshi La Liga o'yinida jarohat oldi.
La Liga 24-tur doirasidagi o'yin sevilyaliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Morata ilk daqiqalardan maydonga tushdi va bo'lim yakuniga yaqin tizzasidan jarohat olib maydonni tark etdi. Qayd etish kerakki, futbolchi zaxira o'rindig'iga o'tirdi va yig'lab yubordi.
31 yoshli Morata joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 3ta assist qayd etdi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar