Morata "Atletiko"da qolishni xohlashini aytdi
16 avg 2022 10:47
Yangiliklar
Morata "Atletiko"da qolishni xohlashini aytdi
Oldinroq, ispaniyalik forvardning "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.
"SHu erda o'ynashni va "Atletiko" uchun ko'plab musobaqalarda harakat qilishni juda ham xohlayman. Ishlashda davom etaman va har bir o'yinda jamoaga natija olib kelishga harakat qilaman. "Atletiko" — dunyodagi eng yaxshi klublardan biri. Ha, transfer borasida taklif bor, bu borada hech narsa qila olmayman va shunchaki ishlashda davom etaman. SHu erda juda ham baxtliman va shu erda to'p tepishda davom etishni xohlayman", — deydi Morata.
29 yoshli forvard "Xetafe"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. Morata o'tgan ikki mavsumni ijara asosida "Yuventus"da o'tkazdi. Hujumchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar