Mirko Yelichich: "O'zbekistonda "toza" va texnik futbol namoyish etishmayotganidan xafaman"
05 may 20:13
Yangiliklar
Mirko Yelichich: "O'zbekistonda "toza" va texnik futbol namoyish etishmayotganidan xafaman"
- O'yin haqida
- Bugun murakkab o'yin bo'lishini bilardik. Hozir Pro ligada deyarli hamma jamoalarning darajasi bir xil. Jismoniy jihatlarga urg'u qaratilgan kurashlar bo'lishidan xabardor edik. Biz 80-daqiqagacha o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. 2:0 dan so'ng yigitlar bo'shashishdi va ularning o'yiniga moslashishimizga to'g'ri keldi. Bolalar yosh bo'lishlariga qaramay, astoydil kurashdi va g'alaba qozondi.

- "Olimpik" birinchi taymda yorqin o'yin ko'rsatdi, ikkinchi bo'limda esa vaqt asosan kurashlarga sarflandi...
- "FarDU" tarkibida asosan bo'yi uzun va jismonan kuchli futbolchilar yig'ilgan. Ular 2:0 dan keyin shunaqa futbol o'ynashga o'tdi. Uzun paslarni ko'p amalga oshirishdi. Biz o'z futbolimizni ko'rsatishga urindik, epizodlarda kurashdik, boshqa ilojimiz ham yo'q edi. Raqib ham kuchli tomonini ko'rsatishga harakat qiladi. Biroq O'zbekistonda "toza" va texnik futbol namoyish etishmayotganidan xafaman. Texnik futbolchilari bo'lmagani uchun ular uzun paslar va jismoniy tarafga urg'u qaratishdi. Tarkibimizda uch nafar yoshi katta futbolchi bor, boshqalar akademiyadan chiqqan va kattalar darajasida futbol o'ynamagan. Akademiyadan chiqqan yigitlar bunday kurashlarga hali moslashmagan, bu ularga dars bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar