So’nggi yangiliklar

08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   0 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  2 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  1 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  166 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  3 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  14 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  5 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4

Mirjalol Qosimov: "Dastlabki daqiqalardanoq qizil kartochka olishimizni hisobga olmagan ekanmiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Dastlabki daqiqalardanoq qizil kartochka olishimizni hisobga olmagan ekanmiz"

Teglar :  "Navbahor"AGMK
Coca-Cola Superligasining 26-turidan o'rin olgan "Navbahor" - AGMK (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- "Navbahor"ni 2-o'rin bilan tabriklaymiz. Juda qiziqarli va muxlislarbop o'yin bo'ldi. Uchrashuv davomida kutilmagan vaziyatlarga ham duch keldik. 9-daqiqadayoq qizil kartochka olishimizni hisobga olmagan ekanmiz. Bu men uchun ham katta dars bo'ldi. Haqiqatdan ham g'alaba uchun maydonga chiqqandik. O'sha qizil kartochka o'yinning borishini tubdan o'zgartirib yubordi. Har doim ham sen hohlagan narsa bo'lmaydi. SHunga qaramasdan yigitlarga kiyinish xonasida minnatdorchilik bildirdim. Boshlaringni baland ko'taringlar, sizlar bugun muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatdinglar. Bizda hech qanday bosim yo'q edi. CHunki 3-o'ringa ham davogar emasdik, shuningdek bitta quyi pog'onaga tushib ham ketmasdik. Bugun olmaliqlik va uzoq yo'l bosib kelib bizni qo'llab-quvvatlagan jamoamiz muxlislar uchun maydonga chiqqandik. Bu futbol, har qanday vaziyat bo'lib turadi. Navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko'ramiz. Osiyo chempionlar ligasini "Navbahor" kabi Olmaliqqa olib borishga harakat qilamiz. Juda ham qiziqarli mavsum yakuniga etdi.

- Birinchi golga munosabatingiz qanday? Ushbu golning tasiri jamoangizda sezildimi?

- Albatta, hozir aytib o'tdim. Hamma narsani inobatga olgan ekanmizu, dastlabki daqiqalardagi qizil kartochka xayolimizga kelmagan ekan. Yoki keyingi safar 12 kishi bo'lib maydonga tushamiz (kuladi). SHuncha vaqt davomida bir kishi kam bo'lib o'ynash, shunday katta maydonda oson emas. Hokkeyda ham borku, bir kishi kam bo'lib 1-2 daqiqa o'ynasa, tinkasini quritib qo'yadi. "Tana boshqa - dard bilmas" deyishadi. Ha, albatta bu xolat jamoamizga tasir qildi.

- Bu yilgi chempionat juda qiziqarli o'tdi. CHempionat vaqtida ko'plab gap-so'zlar bo'ldi. Mutaxassis sifatida sizni fikringiz qanday?

- O'sha Afandi haqidagi latifa esimga tushib ketdi. Har qanday xolatda ham barchaga birdek yoqib bo'lmaydi. Har-xil gaplar bo'laveradi. CHempionat to'g'risini aytsam, haqiqatdan ham qiziqarli o'tdi. Yuqori o'rinlar uchun ham, ligada qolish uchun quyi o'rinlarda ham intriga yuqori bo'ldi. Tilni suyagi yo'q, gapiradigan odam gapiraveradi.

- Mirjalol Qosimov boshqargan jamoalar har doim yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Mutaxassis sifatida "Navbahor"ning chempion bo'lishiga nima etishmaydi deb hisoblaysiz? Navbatdagi savol, "Olimpik" kuchli uchlikdagi klublarga yutqazmadi. Biroq AGMK bu jamoa darvozasiga 6 ta to'p kiritishni uddaladi. Buning siri nimada?

- Buning siri yo'q. Bu futbol. Boshqa jamoani tahlil qilolmayman. CHetdan qaraganda hammasi oson. Bitta kichkinagina epizod o'yinni o'zgartirib yuborishi mumkin. SHu sababdan ham millionlar o'yini deyiladi. Oldindan natijani aytib bo'lmaydi. Har-xil vaziyat bo'lishi mumkin.

- "Navbahor"ning butun mavsum davomida ko'rsatgan o'yinlariga fikringiz qanday?

- Yaxshi jamoa, tarkibida malakali futbolchilar bor. Bekorga ular kubok finalida o'ynashgani yo'q. Mana shuncha jamoa ichida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Bir tur oldin "Nasaf"ni 3-o'rinni oladi deb kim ayta olardi? Bu futbol, shu sababdan ham millionlar o'yini deyishadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика