Mirjalol Qosimov: "CHempionlik masalasi halmi? Mo'jiza bo'lmaydi deyishadi, ammo hamma narsa ro'y berishi mumkin"
28 sen 2024 00:16
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "CHempionlik masalasi halmi? Mo'jiza bo'lmaydi deyishadi, ammo hamma narsa ro'y berishi mumkin"
O'yin haqida
— Jiddiy kurashlarga boy o'yin kutib turganini bilardik, sababi jadvalning quyida kurash jiddiy kechmoqda. Qolaversa, "Nasaf" bilan o'yindan so'ng o'zimizni har tomonlama tiklab olishimiz kerak edi. Har ikkala jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi va bundan muxlislar yutdi. Keyingi o'yinlarda "Lokomotiv"ga omad tilaymiz.
Tatil bizning foydamizga ishlaydi, sababi jarohatlarimiz ko'p. SHuningdek, muxlislarimizni ham g'alaba bilan tabriklayman va qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman.
— CHempionlik masalasi hal deb hisoblaysizmi?
— Mo'jiza bo'lmaydi deyishadi, ammo hamma narsa ro'y berishi mumkin. Buni yil so'nggida bilamiz, ammo bu o'ta qiyindek ko'rinmoqda. Sababi "Nasaf" jamoasi oldinlab ketgan. Yuqoridagi 2-3-o'rin uchun ham, jadvalning quyi qismida ham kurash avjida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar