So’nggi yangiliklar

21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  6 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  28 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5

Minbarda "Lokomotiv" klubi matbuot kotibi: Xayrulla Xoliqov Yangiliklar

Minbarda "Lokomotiv" klubi matbuot kotibi: Xayrulla Xoliqov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

Xayrulla Xoliqov, “Lokomotiv”  matbuot  xizmati  xodimi:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?
"Lokomotiv" futbol klubida shu yilning aprel oyidan beri ishlab kelyapman. Bu klubga kelishimga "Lokomotiv" PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, sport direktori Ravshan Muqimov, klubning o'sha paytdagi matbuot kotibi Davron Azizov sababchi bo'lishgan. Bungacha SAda ishlab kelayotgandim va "Loko"dan taklif bo'lgach, SA rahbari Nodirxo'ja Yuldashev bilan maslahatlashgan holda "temiryo'lchilar" safiga yo'l oldim. SHu-shu, bahorning ikkinchi oyidan beri ushbu jamoada ishlab kelyapman.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

Bungacha Davron Azizov ikkalamiz ishlab kelayotgandik, ammo Davron bazi sabablarga ko'ra, boshqa bo'limga o'tgach hozirda klub matbuot xizmatida bir o'zim ishlab kelyapman. 

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

Menimcha, gap klub tomonidan menga qancha maosh to'lanishida emas, gap olayotgan pulim qoniqtirish-qoniqtirmasligida. Agar savolni shu tartibda qo'yadigan bo'lsak, menga to'lanayotgan maosh qoniqtiradi deb ayta olaman. Qolaversa, klub rahbariyati tomonidan men uchun yaratib berilgan sharoitlardan ko'nglim to'q.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

Klub faoliyati Facebook, Instagram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda faol yoritib boriladi. Bu ijtimoiy tarmoqlarning har birida o'z o'quvchilarimizga egamiz deb ayta olaman. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarni sayt bilan birgalikda yuritish oson emas. Negaki bularning har biri o'ziga yarasha kuch va vaqt talab qiladi. Hozircha jamoa faoliyati rasmiy saytdan tashqari Instagramda (pfc.lokomotiv) keng yoritilmoqda deb ayta olaman. Bunda o'quvchilarimiz soni 1300 nafarga etib qolgani meni juda xursand qilmoqda.

5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

Safar o'yinlariga borish men uchun deyarli muammo tug'dirmaydi. Bu borada klub rahbariyati tomonidan hamma sharoit qilib qo'yilgan.

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

Ha, klub ekipirovkasi bilan to'liq taminlanganman.

7. Mukofot puli olasizmi?
Ha, jamoamiz g'alaba qozongan o'yinlarda rahbariyat tomonidan menga ham mukofot puli ajratiladi.

8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?
Osiyo chempionlar ligasi paytida jamoa bilan Eronga borib keldim. O'shanda "Lokomotiv" "Fulad"ga qarshi to'p tepgandi. Oliy liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni jamoamiz Avstriyada olib bordi, lekin bazi sabablarga ko'ra, men u erga bora olmadim. Balki keyingi yig'inlarga borish nasib qilar.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

To'g'risini aytsam, jamoa bilan avtobusda kamdan kam hollarda birga yuraman. Nima uchun? CHunki "Lokomotiv" safar o'yinlariga borganda raqib jamoa bizga avtobus ajratadi. Men esa odatda o'yin bo'ladigan stadionga rahbarlarimiz bilan birga boraman. Uydagi uchrashuvlarda esa klub tomonidan ajratilgan xizmat mashinasidan foydalanaman.

10. Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

TTZdagi asosiy stadionimizda jurnalistlar uchun barcha qulaylik mavjud. Lekin TTYMI stadionida kamchiliklar etarli va buni yashirmoqchi emasman. Media-tribuna bor, ammo internet yo'q. Lekin tez orada bu masalaning hal etilishi kutilmoqda. 


11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

Bu men uchun qiziq savol bo'ldi. Aslida men hamma klublardagi hamkasblarimni birdek hurmat qilaman va ularning hech birini alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman. To'g'risini aytsam, o'zimizdan hech qaysi jamoaning matbuot xizmatiga alohida havas bilan qaramayman, negaki men futbolga kecha kirib kelgan bola emasman. Va bu yoshda meni nimadir bilan lol qoldirish qiyin. Oliy ligamizda 16ta klub bo'lsa, barcha klublar rahbarlari o'z matbuot kotiblariga etiborli bo'lishsa, moliyaviy shart-sharoitlar vaqtida taminlab turilsa men uchun shuning o'zi kifoya. Madomiki axborot asrida yashayotgan ekanmiz, zamonaviy futbolda klub matbuot xizmatining tutgan o'rnini katta deb hisoblayman.


P.S. Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика