Nodirbek Abdurazzoqov: "Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz"
24 avg 2025 14:29
Yangiliklar
Nodirbek Abdurazzoqov: "Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz"
Superliganing 20-turidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Nodirbek Abdurazzoqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin haqida...
- Qiyin o'yin bo'ldi. Xudoga shukur, uch ochko nasib qildi.
- "Xorazm" bilan ikki davradagi o'yin ham mashaqqatli o'tdi...
- Superligada oson o'yin qolmadi. "Xorazm" to'p bilan yaxshi muomala qilgani uchun biroz qiyinchilik yaratdi. Lekin imkoniyatlardan foydala oldik.
- OKMK oxirgi o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy berdi...
- Bunga aniq sabab keltirish qiyin. Sabablar ko'p deb o'ylayman. Bu jarayonni ortda qoldirdik. Keyingi bellashuvlarga etibor qaratamiz.
- OKMK 4-o'ringa ko'tarildi. Klub etakchilarga qarshi bahslarga tayyormi?
- Biz etakchilarga qarshi yomon o'yin namoyish etmaganmiz. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar