Eldor Moyliev: "Futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo'yiladi"
11 sen 21:45
Yangiliklar
Eldor Moyliev: "Futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo'yiladi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuv boshida vaziyatlar yaratib afsuski, bundan foydalana olmadik. Yo'l qo'ygan ikkita xatomiz tufayli qarshi hujumlarda gol o'tkazib yubordik. Keyin yana harakat qildik, baribir foydasi bo'ldi.
- O'yin tempi past emasdi. Shunday o'yinda VAR ishlamaganiga etirozingiz bormi?
- Bilishimcha, bu o'yinda VAR bo'lishi kerak edi. Ammo ishlamaganidan xabarim yo'q.
- Qo'shib berilgan daqiqalarda jamoangiz yaxshi harakat qildi. Lekin nega bahs boshidan "Sho'rtan" shunday o'yin ko'rsatmayapti?
- O'tkazib yuborilgan gollar yigitlarga qattiq tasir qilyapti. Shu bois harakatimizda sekinlik paydo bo'lib qoldi. Bugun ham uchrashuvni yaxshi boshladik, vaziyatlar yaratdik, ammo gol o'tkazib yuborgach ruhan tushkunlikka tushib qoldik.
- Bugun qaysi jamoaga yuqori baho qo'ygan bo'lardingiz?
- Bugun "Mashal" bizning xatolardan unumli foydalanib g'alaba qozondi. Shunday ekan, futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo'yiladi, nazarimda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar