So’nggi yangiliklar

07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  0 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  10 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16

Milosh Miloevich: "Paxtakor"ning natijalari tezroq yaxshilanishiga tilakdoshman. Bugun tomoshabop futbol namoyish etolmadik" Yangiliklar

Milosh Miloevich: "Paxtakor"ning natijalari tezroq yaxshilanishiga tilakdoshman. Bugun tomoshabop futbol namoyish etolmadik"

Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al-Vasl" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Milosh Miloevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. "Paxtakor" ham bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdi. CHiroyli futbol namoyish eta olmagan bo'lsak ham, biz gol urdik va g'alaba qozondik. Dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bugun muxlislar tomoshabop o'yin guvohi bo'lishmagandir, ammo bugun maydonda kurash kechdi. O'yin so'ngida raqib ham gol urishi mumkin edi. Bunday musobaqada har doim ham biz kutgandek o'yin bo'lavermaydi. Barcha jamoalar kuchli tarkibga ega, shu sababli o'yinlar qiyin kechadi" - deya fikr bildirdi Milosh Miloevich


Bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sofiyan Buftini

"Bugungi g'alabadan juda xursandman. Juda qiyin o'yini bo'lishini bilgandik. Bunday maydonda o'ynash juda qiyin. Ikki jamoa ham bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Biz murabbiy aytgan barcha ko'rsatmalarni bajardik va g'alaba qozondik. Bu raqobatdosh musobaqaning boshlanishi, xolos" - deya fikr bildirdi bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sofiyan Buftini


- "Paxtakor" jamoasi haqida fikr bildirib o'tsangiz? "Paxtakor" jamoasi bugun siz oldinroq tahlil qilganingizdek o'ynadimi?

- Yo'q, faqatgina meni hayron qoldirgan bir jihat - asosiy tarkibdagi bitta o'zgarish bo'ldi. O'yin bo'yicha "Paxtakor" biz kutgandek o'yin namoyish etdi. "Paxtakor" jamoasi asosan qanotdan amalga oshirilgan uzatmalar orqali o'ynadi. Jamoaning o'yini 10 raqamli futbolchiga bog'liq edi. Raqib 2-3ta xavfli uzatmalarni amalga oshira oldi. Qolgan jabhalarda esa, deyarli muammolarga uchramadik. Mening jamoam bugun aqlli futbol namoyish etdi va raqibdan ustunlik qila oldi. To'g'ri, bugun chiroyli futbol namoyish etmagan bo'lishimiz mumkin, ammo bugun ancha qiziqarli jang bo'ldi. Jamoam o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etmagan bo'lsa ham, bugungi o'yinimiz uch ochkoni qo'lga kiritish uchun etarli bo'ldi va shu sababli men bugungi o'yinimizdan qoniqish hosil qildim.

- "Paxtakor" jamoasi joriy mavsumda yaxshi natijalar qayd etila olmayotgani sababli ko'p tanqid qilinmoqda. "Paxtakor" jamoasining OCHLdagi kelajagi haqida fikr bildirib o'ta olasizmi?

- Men bu musobaqada birinchi marotaba ishtirok etyapman. SHu sababli raqib haqida ko'p malumotga ega emasman. "Paxtakor" juda kuchli jamoa deb aytib o'ta olaman. "Paxtakor" yaxshi futbol namoyish etmoqda. Futbolda natija ko'p talab qilinadi, umid qilamanki, raqibimiz o'zining natijalarini yaxshilab. "Paxtakor" umidli va iqtidorli yosh futbolchilarga ega ekan. O'zbekiston chempionati darajasini ham bilmayman, to'g'risi.

- Jamoalar bugun qiziqarli va tomoshabop futbol namoyish eta olmadi, deb aytib o'tdingiz. To'g'ri, jamoangiz bugun uch ochkoni qo'lga kirita oldi, ammo o'yin sifatidan qoniqish hosil qilmaganingizni o'zingiz ham aytib o'tdingiz. Jamoangiz nega bunday o'yin namoyish etganiga nima sabab bo'ldi? Masalan, maydon holati yoki jarohatlar xalal bergandir?

- Men o'zim o'zgartira olmaydigan narsalar haqida o'ylashni yoqtirmayman. Maydon holati, hakamlar va boshqa jihatlarga tasir o'tkaza olmayman. Har bir musobaqada birinchi uchrashuv o'ta muhim. Biz OCHLda 4-5 yildan buyon ishtirok etmayotgandik. Bu ham o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. O'yin avvalida ikkita juda yaxshi vaziyatga ega bo'lgandik, agar o'sha vaziyatlarda gol o'rganimizda o'yin boshqacha tus olishimiz mumkin. SHuningdek, raqibning tayyorgarligi va ularning taktik jihatlari va boshqa sabablar bugungi o'yinning biroz oddiyroq kechganiga sabab bo'ldi deb ayta olaman.

- Sofiyan Buftiniga savol. "Paxtakor" jamoasi ko'pchilikning taxminiga ko'ra ushbu musobaqadagi eng kuchsiz jamoalardan biri hisoblanadi. "Al-Vasl" keyingi uchrashuvlarni kuchliroq bo'lgan "Al-Ahli" va "Al-G'arafa"ga qarshi o'tkazadi. Keyingi raqiblar haqida gapirib o'tsangiz? Ular "Paxtakor"dan ancha kuchliroq bo'lishining ehtimoli yuqori.

- Birinchi navbatda o'z jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. Toshkentga bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Bugun faqat "Paxtakor" haqida o'yladim. Keyingi raqiblar haqida o'ylash mening ishim emas, bosh murabbiy ko'proq bu vazifalar bilan shug'ullanadi. Keyingi uchrashuvni biz o'z uyimizda o'tkazamiz va bu bizga ustunlik berishi aniq. Kuchli jamoalarga qarshi to'qnash kelganingizda, g'alaba qozonish uchun bo'lgan ishtiyoq yuqoriroq bo'ladi. Keyingi uchrashuvlarda ham ijobiy natija qayd etishimizga ishonaman.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика