So’nggi yangiliklar

23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  312 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  9 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  27 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  6 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  27 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  405 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  41 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7

Islom Ismoilov: "Provokaciyaga uchmaslikni yuz marta emas, ming marta tushuntirgandik. Shu sababli unga tanbeh berdim. Hozir hammasi yaxshi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Provokaciyaga uchmaslikni yuz marta emas, ming marta tushuntirgandik. Shu sababli unga tanbeh berdim. Hozir hammasi yaxshi"

Qatarda o'tkazilayotgan U-17 Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan keyin Islom Ismoilov Asilbek Aliev bilan bo'lgan vaziyat haqida gapirdi.

"Futbolda bo'ladigan holat. Aliev bilan bo'lgan voqeani ko'pchilik tanqid qilmoqda. Biz birinchi navbatda vatan shani uchun o'ynayapmiz. Tanqid qilayotganlar ham bilsinki, biz bu erda o'zbek xalqining g'ururi, or-nomusi uchun maydondamiz. Bunday holatlarda xato qilish mumkin emas. Sarsenbaev bilan bo'lgan vaziyatni futbolchilarga misol qilib ko'rsatganmiz, ming marta takrorlaganmiz. Har qanday holatda ham emociyani nazorat qilishingiz kerak deb qayta-qayta aytganmiz. Sariq va qizil kartochkalarimiz o'zi ko'p deb tushuntirganmiz. Yigitlar esa osonlikcha provokaciyaga uchishdi. Mening jahlim chiqqaniga sabab, biz bu narsani yuz marta emas, ming marta tushuntirgandik. Shu narsalarni eshitib turib, yana shu ishni qildi. Asilbekka kerakli tanbehni berdim, bu uning faoliyati uchun foydali bo'ladi. Bunaqa holatda futbolchi jamoasini qiyin holatga solib qo'yishi mumkin. Echinish xonasiga kirganimizdan keyin men Alievga bir og'iz ham gapirmadim, qo'llab-quvvatladim. O'sha holatda o'zim uchun to'g'ri ish qildim deb o'ylayman. Bu yigitlar yosh bola emas, ular professional futbolga qadam qo'yyapti. 17 yoshli yigitni aqli joyida bo'ladi. Shu vaziyatda ogohlantirishlarga qaramay, bizni gapimizga qarshi ish qilgani uchun tanbeh berdim. Asilbek bilan hammasi yaxshi, uni ruhini ko'tarib qo'ydik. Bu normal holat, vahima qiladigan narsa yo'q. Hech kim, hech kimdan hafa emas", - deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +8   

Fikrlar

+4   
18 noy 22:10:58
Elyorbek Mavlonov
17 yoshli yigit mustaqil odam pasport olgan oʻz fikriga ega , Pele 17 yoshida jahon chempioni boʻlgan u Pele dersiz kambagʻal davlatdan chiqqan qancha misol keltirish mumkin janubiy Koreya, Yaponiya oʻyinchilari ham 17yosh nega ular provakasiyaga uchmaydi
+3   
18 noy 22:16:19
Elyorbek Mavlonov
Kim nima desa desin qay sohani olmang ustozni soʻzini ikki qilgan intizomga rioya etmagan komandir ni buyrugʻini bajarmagan askar ,qay birida shogird haq javob bering azizlar , bizga yigʻloqilar emas haqiqiy erkaklar kerak
+3   
18 noy 22:09:41
Azamat Turgunov
Murabbiy emotsiya bilan yulduz óyinchilaniyam urishib tanbexla berganini juda kóp kórganmiz bu tabiiy xolat. Voxma qilib murabbiy tanqid qilish shartamas. Nechi yildan beri bir birini biladi bu narsadan xafa bómidi Aliyevam.
+3   
18 noy 22:04:06
Rafiqbek
Кани килган иши учун устидан магзава агдарганлар агар уша холатда ютиб куйганимизда негатифлар бунчалик кескин болмасди, Исломбекга гап ёк
+3   
18 noy 22:03:47
تعمورخن ومار خجا
Ustozi boʻgandan keyin urshatda tergiydi kerak boʻlsa uradi bazi xotinlar ismoilov u qildi bu qildi u qilish kerak bu qilish kerak deb latta chaynalik qilyapdi
+3   
18 noy 22:00:01
Ilkhom Ismoilov
Тугри килади, кейинчалик хам дамоасини огир ахволга солмайди...
+2   
18 noy 22:05:53
Elyorbek Mavlonov
Juda toʻgʻri har safar hato qilganni aybini tushuntirilmoqda doim yumshoq koʻngil boʻlaversa intizom ,qatʼiyat , or nomus degan his tuygʻular oʻladiku kimni tarbilayabsiz oʻzi bir ogʻiz qattiq gapga otasini yetaklab keladigan onasini arzandalarinimi yoki maqsad yoʻlida borini beradigan kerak boʻlsa soʻnggi nafasigacha kurashadigan mard jasur avlodni tarbiya qilyapsizmi , Aliyev hech qachon ustozidan hafa boʻlmaydi u yigit haqiqiy jangchi hali oʻzini koʻrsatadi
+2   
18 noy 22:00:34
Rustam Ruziyev
Ватан шаъни деб миллионлаб инсонлар кузатаётган пайтда ёш футболчини бунчалик туркткилаб сўкиш оқланадиган ишмас. Сен ўзингни босолмадинг, 17 ёшли бола қандай қилиб ўзини босиб олсин?
+1   
18 noy 22:47:12
Elyorbek Mavlonov
Мирзохон foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳа сайтда битта хотинчалиш роса байрам қилди. Мураббий айби Фарғоналик экани, ўша хотинчалишни манимча Фарғонада бирортаси бирор нарса қилиб қўйган. Бу укамиз фаолияти учун керак танбеҳ эди, келгусида фойдаси тегади. Юлдузча бўлиб ўчиб қолмай ёрқин порлайди деб умид қиламиз
Toʻgʻri aytasiz, yana bir jihatga ahamiyat bering shuna professional murabbiylar bor ekan bilmagan ekanman , agar shu hatoni urush paytida qilsang nafaqat oʻzini balkim butun bir boshli millatni havfga qoʻyasan hoy negativlar sizga nima kerak oʻzi ,nimaga koʻnasiz ,oʻzingizni daho deb bilasiz , ortingizga qarang negativdan boshqa nima ish qilgansiz oʻzi
+1   
18 noy 22:42:46
Bek Bek
Rustam Ruziyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ватан шаъни деб миллионлаб инсонлар кузатаётган пайтда ёш футболчини бунчалик туркткилаб сўкиш оқланадиган ишмас. Сен ўзингни босолмадинг, 17 ёшли бола қандай қилиб ўзини босиб олсин?
Qanaqa yosh futbolchi ? 17 yoshda Yevropada qanchadan qancha bolalar top 5 ligalarda debyut qilyapti oynayapti.. Million marta ularga tushuntirilgan lekin oddiy vaziyatda provakasiyaga uchib raqibga javob qaytarguncha Asilbek o'zi yuzini ushlab yotvosa bolarmidi? Yoq javob qaytarish kerak hatto trener javob qaytarma desa ham. Bu Aliev uchun kelajakda dars boladi. Vohima qilavermang
+1   
18 noy 22:16:39
Sa'ad
Toʻppa toʻgʻri gapi Ismoilovni
+1   
18 noy 22:04:20
Shovruq88
Asilbek bugun ulgʻaydi manimcha! Hali zoʻr boʻlib qaytadi! Ustozidan hafa boʻlmasin! Zoʻr qatnashtilsriz qoyil
+1   
18 noy 22:01:19
Zokirjon Temirov
Мураббий ўйин темпида эмоцияга берилиб кетди. Бу ерда улар ўртасида хеч қандай адоват йўқ. Буни тўғри тушуниш керак.
+1   
18 noy 21:59:23
Ilkhom Ismoilov
Тугри килади, кейинчалик хам дамоасини огир ахволга солмайди...
   
18 noy 23:12:03
Supper Liga
To'g'ri qildi Murabbiy. Aytganini qilmaydigan shogirt umuman kerak emas
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика