So’nggi yangiliklar

20:38Финалиссима УЕФА ва КОНМЕБОЛ қарори билан бекор қилинди. Нега?  0 20:18"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 20:12Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 2:0 (матнли трансляция)  10 19:38"Барселона" — "Севилья". Таркиблар маълум  5 19:08Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" - "Пахтакор" (матнли трансляция)  72 18:03​"Бобур Арена" Суперкубокка тайёр!  13 18:01"Манчестер Юнайтед" — "Астон Вилла". Таркиблар маълум  3 17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  3 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  3 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим"  2 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  9 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13

Milan Mitrovich - Boshqa jamoalardan taklif, Baqoevni fikridan qaytarishga harakat qilingani, Serbiya va mundialdagi eng kuchsiz jamoa haqida Yangiliklar

Milan Mitrovich - Boshqa jamoalardan taklif, Baqoevni fikridan qaytarishga harakat qilingani, Serbiya va mundialdagi eng kuchsiz jamoa haqida

Yaqinda Superligada eng ko'p legionerlar Serbiyadan ekanini malum qilgan edik

Birlq ularning hammasi ham barqaror to'p tepayotgani yo'q. "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich 2018 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelyapti. Unga mavsum tugashi bilanoq Toshkent va vodiydan takliflar bo'ldi. Mahoratli darvozabondan shu va boshqa mavzularda fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Milan "So'g'diyona" uchun mavsum qanday o'tdi? Fikrimcha, jamoa 3ta frontda kurash olib borgani hisobiga ancha qiynaldi. Keyingi mavsum balki engilroq o'tar...

- Yilni yomon boshlaganimiz yo'q. Hattoki, mavsum o'rtalarida turnir jadvalida kuchli uchlikda edik. Keyin esa AFK kubogi musobaqasiga navbat keldi. Mazkur musobaqada ajoyib o'yin ko'rsatdik, deb o'ylayman. Bu turnir jamoadagi 95 foiz futbolchilar uchun debyut hisoblanardi. Oradan 3 kun o'tib chempionat bahslarida o'ynashimizga to'g'ri keldi. Bilasiz OFK va O'zbekiston kubogi bilan erta xayrlashdik. Bunday vaziyatda futbolchilarga ruhiy tomonlama juda qiyin. Ular maydonda 120 foiz kuchlarini sarflashdi. Afsuski, bu Superligaga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. 9ta uchrashuvda ochko yo'qotdik. Lekin jamoadagi barcha qandaydir tajriba oldi. Umidsizlikka tushmaymiz va oldinga intilib yana sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz. 

- Ulug'bek Bakaevning istefoga chiqqanini siz va jamoa qanday qabul qildi?

- Murabbiyning istefoga chiqqani bilganimiz biz uchun shok bo'ldi, deya olaman. Klubdagi hamma uni bu fikrdan qaytarishga harakat qildi. Biroq Ulug'bek Bakaev shunday qarorga keldi. Uni qo'llab-quvvatlash va omad tilashdan boshqa choramiz qolmadi. 

- Ulug'bek Bakaevdan keyingi "So'g'diyona"ni qanday tasavvur qilmoqdasiz?

- Qiyin bo'ladi. Ammo yangi murabbiy bilan yangi mavsumga qo'ldan kelgancha tayyorgarlik ko'rishimiz va yangi mavsumda kuchli uchlikdan o'rin olishimiz kerak. 

- Mavsum tugagach sizga takliflar bo'ldi. Qanday qarorga keldingiz?

- Menda bir nechta klublardan takliflar bo'lgandi. Ular sizga o'ynashni taklif qilishsa, bu yoqimlidir. Ammo "So'g'diyona" bilan yana bir yillik shartnomam bor. Bor etiborimni shunga qaratganman. Hozir tatildaman. Oilam bilan hordiq chiqaryapman. Tanamni quvvatlayapman. 

- Serbiyaning Jahon chempionati guruh bosqichidagi ikki o'yinini ko'rdingizmi?

-  Serbiyani Jahon chempionatidagi o'yinlarini ko'ryapman. Oldinda SHvecariya bilan uchrashuvda g'alaba qozonib oldinga qadam tashlashga harakat qilib ko'ramiz. 

- Sizningcha mundialda eng kuchli va kuchsiz jamoa qaysi?

- Eng kuchlisi Braziliya va Argentina. Eng kuchsiz jamoa Qatar. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика