Ivan Boshkovich "Mirkovich - yaxshi darvozabon" deb aytdi. Haqiqatan ham shundaymi?
13 mar 14:16
Yangiliklar
Ivan Boshkovich "Mirkovich - yaxshi darvozabon" deb aytdi. Haqiqatan ham shundaymi?
Superliganing 3-turida OKMK va "So'g'diyona" o'rtasidagi (2:2) o'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich shunday dedi: "Nikola Mirkovich — yaxshi darvozabon. U moslashuv jarayonidan o'tyapti".
Biroq jizzaxliklarning yangi posboni 3 o'yinda 8 ta gol o'tkazib yubordi — bu Superligadagi barcha darvozabonlar orasida eng yomon ko'rsatkich.
Rostdan ham shundaymi-yo'qmi, aniqlash uchun WyScout tahliliy saytidagi statistikani ko'rib chiqamiz. Mirkovich quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha so'nggi pog'onada:
1) Cuperligada har bir o'yinda o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha oxirgi o'rinda (2,7);
2) Superligada oldi olingan gollar ko'rsatkichi bo'yicha oxirgi o'rinda (-2,6);
3) Superligada seyvlar foizi bo'yicha oxirgi o'rinda (25%, "Surxon"dagi Artyom Potapov bilan birga).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar