Lyupcho Doriev muvaffaqiyatsiz natijalar, zaxiraga olinganining sababi hamda terma jamoaga chaqiruv haqida fikr bildirdi
13 mar 11:20
Yangiliklar
Lyupcho Doriev muvaffaqiyatsiz natijalar, zaxiraga olinganining sababi hamda terma jamoaga chaqiruv haqida fikr bildirdi
– Joriy mavsumdagi ilk golingiz bilan tabriklayman. Yangi mavsumda ham o'tgan mavsumdagidek to'purar Dorievni ko'rishimiz mumkinmi?
– Rahmat, albatta shunga umid qilaman. Birinchi navbatda, biz o'yinni juda yomon boshladik. Buni kutmagandik, lekin oldinga intildik. Umid qilamanki, keyingi o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz. "So'g'diyona"da jamoa yangilandi. Har yili 4 yoki 6 ta o'yinchini almashtiramiz va boshida moslashish qiyin bo'ladi. U erda hamma narsa yangi. Umid qilamanki, borgan sari yaxshilanib boramiz.
– Birinchi bo'limda ajoyib gol urganingizga qaramay, tanaffusda zaxiraga olindingiz.
– Ha, oyog'imda og'riq sezdim. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi.
– Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga chaqirildingiz. Bugungi golingiz jahon chempionati saralash o'yinlari oldidan turtki beradimi?
– Ha, men tayyorman. Chaqiruvdan juda minnatdorman. Bir yarim yildan so'ng terma jamoaga qaytdim va u erda ham hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman.
– OKMK darvozasiga ko'p gol urasiz. Bu jamoa haqida qanday fikrdasiz?
– Ha, nima desam ekan... OKMKga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman. Menga ularning uslubi yoqadi, chunki ular ham biz kabi ochiq futbol namoyish etishadi va men bundan zavqlanaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar