Messi: "To'rtta gol uchtadan yaxshiroq bo'lardi"
02 may 2019 12:52
Yangiliklar
Messi: "To'rtta gol uchtadan yaxshiroq bo'lardi"
"Barselona" etakchisi Lionel Messi "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Dembeleda juda yaxshi vaziyat bo'lgandi. To'rtta gol uchtadan yaxshiroq bo'lardi, shunga qaramay natija juda qoniqarli.
Yarim final hali yakuniga etmadi. "Enfild"dagi o'yin juda qiyin bo'ladi, raqib bosim uyushtiradi.
"Liverpul" bizga gol ura olmagani juda muhim. Birinchi bo'limda biz yaxshiroq edik, ikkinchisida esa raqib bosim qildi, ammo ularda ko'plab imkoniyatlar bo'lmadi. Ular gol urishni juda xohlashgan edi.
Zarbam samarali chiqdi. Gol ura olishimga umid qilgandim va to'p darvozaga kirganida omadim keldi", - dedi Messi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar