Messi: "Oltin to'p"ni olayotgan paytim Levandovski eng yaxshisi emasdi"
30 may 2022 22:55
Yangiliklar
Messi: "Oltin to'p"ni olayotgan paytim Levandovski eng yaxshisi emasdi"
PSJ forvardi Leo Messi "Oltin to'p" va "The Best" sovrini haqidagi Robert Levandovskining gaplariga munosabat bildirdi.
"Bavariya" forvardi o'tgan yili sovrin topshirilgan paytda Messining sovrin uchun Levandovski haqligini aytib, o'zi unga ovoz bermaganidan hayron qolganini bildirgandi.
"Odamlar nimani o'ylayotgan bo'lsa, o'shani gapirishga haqli. Tabiiyki, odamlar nimani istasa, shuni gapiradi.
Uning gaplariga alohida ahamiyat berganim yo'q. CHunki odamlar doimo o'zini haq deb biladi.
O'shanda gaplarimni chin yurakdan aytganman, chunki, o'shanda shunday bo'lsa kerak deb hisoblaganman.
Robert "Oltin to'p"ga haqli edi, chunki u bir yil oldin rostdan ham ajoyib holatda bo'lgandi. Ammo sovrinni yutgan paytimda Robert eng yaxshisi emasdi. U nimani o'ylayotgan bo'lsa, shunday deb hisoblayversin", - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar