So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Messi nimada kubokni qo'lga kiritdi? Bu qanday yopinchiq? Yangiliklar

Messi nimada kubokni qo'lga kiritdi? Bu qanday yopinchiq?

Eslatib o'tamiz: bu bisht.

Lionel Messi JCH-2022dagi ajoyib g'alabadan so'ng Jahon kubogini noodatiy ko'rinishda oldi.

Leo medalni olishi bilanoq unga Qatar amiri Tamim ibn Xamad Al Tani tayyorlangan qora yopinchiqni kiydirdi. Messi birdan buni qanday to'g'ri kiyish kerakligini tushunmadi, unga tushuntirishdi va u qora kiyimda sovrinni olishga yo'l oldi.

Bu nima?




Bu bisht – yilning sovuq davrida (Qatarda hozir qish) gandura ustidan kiyiladigan qora yopinchiq. U mantiyaga o'xshaydi va huddi qishki kiyim sifatida ishlatiladi.

Bisht qora yoki jigarrang bo'ladi. U bazan oltin bilan bezatiladi, bu esa odamning zodagon oilasiga mansubligini anglatadi.

Bisht odatda tuya junidan tayyorlanadi. Erkaklar uni odatda malum vaziyatlarda kiyishadi: ziyofatlar, bayramlar, masalan to'ylarda kiyishadi. Leo Messi uchun esa aynan o'zgacha kun edi, hammasi bir-biriga mos keladi.



Qatardagi erkaklar odatda oq rangli libos kiyishadi. Umumiy talqinga ko'ra, erkaklarga oq rang to'g'ri keladi, sababi ular ko'p vaqtlarini uydan tashqarida o'tkazadilar, aniqrog'i cho'lda jazirama quyosh ostida. Ayollar esa aksincha, chodirda qolishadi va kiyimlari kamroq iflos bo'lishi uchun qora rangda kiyishadi.


Leo huddi amirdek, yorqin oq rangli futbolka va qora yopinchiqda gavdalandi, bu esa jozibali ko'rindi.



Jahon chempionati mezbonlari JCH bosh sovrinini topshirish marosimida o'z ananalarini shunday tarzda reklama qilishdi. Endi Leo Messining eng ajoyib lahzalari aks etgan barcha suratlarda bu bishtni ko'rish mumkin.

Aytgancha, amirning harakatlari hammaga ham yoqmadi. "SHunchaki nima uchun?", – deya hayron bo'ldi Argentina terma jamoasi va "Man Siti" sobiq o'yinchisi Pablo Sabaleta. Bastian SHvanshtayger esa kengroq gapirdi: "O'yinchidan katta lahzalarni tortib olishdi. Bu to'g'ri bo'ldi deb o'ylamayman. Buni biroz keyinroq, kiyim almashtirish xonasida qilish mumkin edi. Bu Messining o'ziga ham yoqdi deya olmayman. Menimcha, akciya muvaffaqiyatli chiqmadi".

Mixael Ballak ham xursand emas: "Bu jahlni chiqaradi. Ammo, Messining uni echmagani Leoning odobidan dalolat beradi. Bu suratlar abadiy qoladi. Futbol libosi bilan o'z mamlakatingni namoyish etasan, u esa ko'rinib turishi kerak".


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика