Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi
20 may 2019 11:56
Yangiliklar
Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Eybar"ga qarshi bahsda (2:2) dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
SHunday qilib, Messining joriy mavsumda barcha chempionatlarda urgan gollari soni 50taga etdi. Argentinalik faoliyatida 6 marta bu natijaga erishdi.
Forvardning joriy mavsumdagi 50ta goli quyidagicha taqsimlandi: 36 - Ispaniya chempionatida, 12ta - CHempionlar ligasida, 2ta - Ispaniya Kubogida.
Messi quyidagi mavsumlarda 50ta va undan ko'p gol urgan edi: 53ta - 2010/2011, 73 - 2011/12, 60 - 2012/13, 58 - 2014/15, 54 - 2016/17.
Eslatib o'tamiz, Messi 6 marta Ispaniya chempionati to'purariga aylandi. Bu ko'rsatkich bilan u turnir etakchisi Telmo Sarraga etib oldi. Lionel va "Barselona" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar