Messi "Betis"ga qarshi uchrashvda ham maydonga tushmaydi
25 avg 2019 09:45
Yangiliklar
Messi "Betis"ga qarshi uchrashvda ham maydonga tushmaydi
"Barselona" hujumchilari Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele La Liga 2-turi doirasida "Betis"ga qarshi bellashuv qaydnomasidan joy olishmaydi.
Bu haqda kataloniyaliklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu hujumchilar jarohatdan tiklanish bilan band. SHuningdek, kataloniyaliklar posboni Neo ham ikki hafta oldin qo'lini sindirib olganligi sabab ayni paytda safdan chiqqan.
"Barselona"ning "Betis"ga qarshi bellashuv qaydnomasidan 16 yoshli Ansu Fati joy oldi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, himoyachilar Todibo va Vage, shuningdek yarim himoyachi Alenya ushbu uchrashuvda maydonga tushishmaydi.
"Betis"ga qarshi to'liq tarkib quyidagi futbolchilardan iborat:
darvozabonlar - ter SHtegen, Penya
himoyachilar -Semedu, Pike, Langle, Alba, Umtiti, Firpo
yarim himoyachilar -Rakitich, Buskets, Artur, Rafinya, Roberto, de Yong, Vidal
hujumchilar - Grizmann, Fati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar