Messi: "Barselona" uchun Madridda "Real"ga qarshi o'ynash osonroq"
17 dek 2019 20:14
Yangiliklar
Messi: "Barselona" uchun Madridda "Real"ga qarshi o'ynash osonroq"
"Safardagi o'yinlarda erkinlik ko'proq bo'ladi. "Real" o'z maydonida asosiy etiborini hujumga qaratadi, shuningdek, tribunadagi muxlislar ham ularni oldinga chorlaydi. "Kamp Nou"da esa "Real" o'z jarima maydonchasiga yaqinroq o'ynaydi va tezkor hujumchilariga tayanib, qarshi hujumlarga etibor qaratadi. Raqib maydonida o'tadigan o'yinlar jangovor kechadi, "Kamp Nou"da esa o'yin yopiq o'tadi.
Zidanni tanqid qilishayotgani meni ajablantirmoqda. Top-klublarda faoliyat yuritayotgan insonlar bu normal holat ekanligini tushunishadi. Muxlislar odamning oldingi ajoyib onlarini tez yoddan chiqarishadi va har kuni natija talab qilishadi.
Zidan "Real"ga qaytganidan keyin qo'lga kiritilgan ketma-ket uch ECHL hech qanday ahamiyat kasb etmasligini tushundi. Muxlislar undan har doimgidek natija talab qilishadi", - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar