So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  94 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

"Men italiyalik eng yaxshi hujumchiman". Hozirgi Balotelli haqiqatan ham milliy terma jamoaga Evropa chempionatida kerakmi? Yangiliklar

"Men italiyalik eng yaxshi hujumchiman". Hozirgi Balotelli haqiqatan ham milliy terma jamoaga Evropa chempionatida kerakmi?

Mario o'zini boshqalardan ustun qo'yishga odatlangan. Hali hammi?

Uning uchta fikri orqali Mario hali ham dunyoning eng zo'ri ekanligiga shubha qilmasligini anglashingiz mumkin. 

“Bir kuni Krishtianu Ronalduning oldiga borib: “Men sizdan ko'ra yaxshiroq futbol o'ynayman”, dedim.

“Dunyoda mendan biroz kuchliroq bo'lgan yagona futbolchi bor. Bu – Lionel Messi. Qolganlarning hammasi orqada";

"Ueyn Runi albatta yaxshi, lekin u Manchesterdagi eng yaxshi futbolchi emas."

Ha, bularning barchasini Mario Balotelli aytgan. Hozir u 33 yoshda. U uzoq vaqtdan beri top-klublar radaridan g'oyib bo'lgan, biroq uning o'zini qadrlash tuyg'usi so'nmagan. Ekcentrik futbolchi Italiya termasining 2024 yilgi Evropa chempionati saralashidagi o'yinlariga quyidagicha munosabatda bo'ldi:

"Agar menda jarohatlar bo'lmasa, men hali ham Italiyaning eng yaxshi hujumchisiman. Raspadori va Skamakka Ukrainaga qarshi o'yinda yo'q bo'lib qolishdi. Ikkisi darvozaga necha marta zarba berishdi? Ikkitami? Jarohatimdan tuzalgach, yana terma jamoada o'ynamoqchiman. Men har doim terma jamoadan chaqiruv olishga umid qilaman. Spalletti bilan bir necha bor uchrashdim va bizning munosabatlarimiz yaxshi”.

Jakomo Raspadori va Janluka Skamakka, albatta, Roberto Badjo va Kristian Veri emas. Va hatto Luka Toni va Alberto Jilardino ham emas. Evro-2024 saralashida bu juftlikning har biri oltitadan o'yin o'tkazib, faqat bittadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Statistikalar, yumshoq qilib aytganda, ajoyib emas.

Raspadori ham, Skamakka ham Ukraina darvozasi tomon bittadan noaniq zarba berishdi. Ikkalasiga ham ushbu natijagaga erishishi uchun 45 daqiqa vaqt kerak bo'ldi: ikkinchisi tanaffusda birinchisini almashtirdi.

Biroq Balotelli endi Evro-2012 yarim finalida Germaniyani mag'lub etgan va Italiyani qita chempionatining hal qiluvchi o'yiniga olib chiqqan futbolchi emas. U oxirgi marta terma jamoada 2018 yilda o'ynagandi. Uning oxirgi yaxshi jamoasi esa 2019 yilda o'ynagan "Marsel" edi. U so'nggi bor TOP-5 chempionatida 2020 yilda "Monca" safida "Lacio"ga gol urgan. 

SHundan so'ng u B Seriyadagi "Monca", Turkiyaning "Adana Demirspor", SHveycariyaning "Son" jamoalarida o'ynadi va nihoyat, shu yilning sentyabr oyida yana Turkiyaga qaytdi.  

SHu natijalaridan so'ng "Super Mario" termaga chaqirilishga haqlimi?", degan savol tug'iladi. SHunday ekan, Mario va terma jamoadagi hozirgi hujumchilarning bu yilgi statistikasini keltirib o'tamiz.

Balotelli "Adana Demirspor" tarkibida 5 ta o'yinda (o'rtacha 36 daqiqa maydonda harakat qildi) 3 ta gol urgan (har 61 daqiqada bitta gol), darvoza tomon 11 ta zarba yo'llagan, shundan 5 tasi aniq;

Raspadori "Napoli" safida 12 ta o'yinda (maydonda o'rtacha 59 daqiqa harakat qildi) 3 ta gol urgan (har 238 daqiqada bitta gol), darvoza tomon 35 ta zarba bergan (shundan 14 tasi aniq), 2 ta golli uzatma;

Skamakka "Atalanta" uchun 9 ta o'yinda (maydonda o'rtacha 56 daqiqa harakat qildi) 5 ta gol urgan (har 100 daqiqada bitta gol), darvoza tomon 26 ta zarba bergan (shundan 11 tasi aniq), 1 ta golli uzatma.

Balotelli kamdan-kam o'ynaydi, lekin maydonga tushsa, natija bera oladi. U buni Skamakka va ayniqsa, Raspadoridan ko'ra ancha yaxshi bajaradi. Farq chempionatlarning darajasida: Turkiya ligasining eng yaxshi to'purari Edin Jeko allaqachon 12 o'yinda 10 ta gol urgan bo'lsa, "Inter"da A Seriyaning so'nggi mavsumida atigi 9 ta gol urgan (ulardan 3 tasi penaltidan).

Marioning statistikasi hurmatga loyiq, ammo Turkiya chempionati Italiyanikidan ancha ortdaligi aniq. Bundan tashqari, Baloning terma jamoaga qaytishiga qarshi yana ikkita muhim omil bo'lishi mumkin:

1. Jamoadoshlar o'z hujumchilarini tanqid qilgan futbolchini qanday kutib olishadi?

2. Oxirgi uch yil ichida Balotelli jarohatlar tufayli 176 kunni(!) o'tkazib yubordi, yani deyarli olti oy. Bu juda ko'p emasmi? Yana bir jarohat bo'lsa, u formasini tiklashga ulguradimi?

Terma jamoa unga muhtojligini elon qilgan Mario hali ham o'tmishda yashayotganga o'xshaydi. U o'zini hali ham Evro-2012da porlagan, "Manchester Siti" uchun APLda gol urayotgan yoki hech bo'lmaganda "Nicca"da ajoyib faoliyat olib borayotgan futbolchi deb o'ylamoqda.  Afsuski, endi unday emas. Uning bayonotlari hali ham ommaviy axborot vositalarini portlatib yuboradi, ammo, afsuski, ular endi mantiqqa zid.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика