Memlar yulduziga aylangan Maguayr - APLda oy futbolchisi!
08 dek 2023 16:28
Yangiliklar
Memlar yulduziga aylangan Maguayr - APLda oy futbolchisi!
Angliya Premer-ligasida noyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda.
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'tgan oyda Xarri MYU safida 3 uchrashuvda 3 ta g'alabaga erishdi va birorta gol o'tkazib yubormadi. 3 ta quruq o'yindagi samarali harakatlari sabab himoyachi etirof etildi.
Maguayr noyabr oyida APLda eng ko'p blok qo'ygan (6 ta), yakka kurashlarda g'olib chiqish bo'yicha ikkinchi eng yaxshi natijani ko'rsatgan (16 ta kurashda ustun).

30 yoshli futbolchi APL tarixida oy futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgan 15-himoyachi bo'ldi. MYU himoyachilari orasida bunday sovringa oldinroq faqat Nemanya Vidich hamda Rio Ferdinand ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar