So’nggi yangiliklar

14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  1 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  3 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1

Mart oyida "Dinamo" murabbiylar shtabi tengsiz Yangiliklar

Mart oyida "Dinamo" murabbiylar shtabi tengsiz

Mart oyida odatdagidek O'zbekiston chempionati bahslari start oldi va 4ta tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'tgan oyda Samarqandning "Dinamo" klubiga O'zbekistonning "Lesteri" degan laqab qo'yildi. Bunga etarli sabablar bor albatta. O'tgan mavsumda birinchi ligada ishtirok etib qaytgan "Dinamo" elitaga qaytishini Bekoboddagi ajoyib g'alaba bilan boshladi - 2:0. So'ngra "SHo'rtan" 3:0 hisobida tor-mor etildi. Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'lgan "arslonlar" 1:0 hisobida g'alaba qozonib chempionatni ketma-ket 3ta g'alaba bilan boshladi! Bundan tashqari jamoa mana shu o'yinlarda umuman gol o'tkazgani yo'q. Oyning so'nggi kunida "Dinamo" "Navbahor"ga yutqazib qo'yganini ham qo'shimcha qilib qo'yish kerak. Lekin dunyoda mag'lub bo'lmaydigan jamoa umuman yo'q.

SHu sababli ko'pchilik "Dinamo"ning sensacion "yurishini" o'tgan mavsum Klaudio Raneri boshchiligida Angliya premer-ligasida g'olib bo'lgan "Lester"ga ham qiyoslashdi. Jamoa safida deyarli yulduz futbolchilar yo'qligi, yosh va g'ayratli o'yinchilarning maydonda borlarini berib o'ynashlari tufayli mazkur natijalar qayd etildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Dinamo" klubi murabbiylar shtabi tan olindi. Jamoa bosh murabbiyi Oleg Tyulkin chempionat boshlanishiga oz fursat qolganida jamoani qabul qilib oldi va shogirdlarini g'alabalar sari boshlay oldi. Jamoaning g'alabalarida Ilhom SHaripovning ham kattagina xissasi borligi barchaga oydek ravshan. Bundan tashqari murabbiy Uchqun Qobilov ham bu shtabda anchayin samarali mehnat qilmoqda.  

Mavsumni yaxshi boshlagan "Dinamo" keyingi oylarda ham bu g'alabali yurishini davom ettira olarmikin. Birgalikda kuzatishda davom etamiz.

Mart oyida shuningdek "Lokomotiv" murabbiylar shtabi, "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda "Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham o'z jamoalari bilan ijobiy natijalar qayd eta olishganini qayd etish lozim.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика