Diogu Jotaning bevasi va ota-onasi "Vulverxempton" o'yinida bo'ldi. Muxlislar marhum futbolchini yod oldi
18 avg 11:54
Yangiliklar
Diogu Jotaning bevasi va ota-onasi "Vulverxempton" o'yinida bo'ldi. Muxlislar marhum futbolchini yod oldi
"Vulverxempton" klubi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan Diogo Jotani xotirladi.
"Molinyu" stadionida katta banner ko'tarildi. Jotaning bevasi Rute Kardozu, onasi Izabel Silva va otasi Joakim Silva buni tribunadan turib kuzatdi. Keyin jamoalar 1 daqiqa sukut saqladi. Jotaning suratini dasturnomaga ham joylashdi va 18-daqiqada muxlislar uning raqamiga atab olqishlarni tindirmadi.
Jota 2017 yildan 2020 yilgacha "bo'rilar" tarkibida o'ynab, 131 o'yinda 44 ta gol urgan va Premer-liga, Evropa Ligasiga chiqishga ko'maklashgan. 2020 yilda 41 million funt evaziga "Liverpul"ga o'tgan va Angliya chempionligini qo'lga kiritgan. U "Vulverxempton" Shon-shuhrat zaliga kiritildi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar