Rasul Yo'ldoshev: "Jamoamiz tushkun kayfiyatga tushgandi, buni engish uchun g'alaba zarur edi"
18 avg 13:00
Yangiliklar
Rasul Yo'ldoshev: "Jamoamiz tushkun kayfiyatga tushgandi, buni engish uchun g'alaba zarur edi"
- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- G'alaba qozonganimizdan xursandman. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Bellashuv qiyin o'tishini bilgandik. Sababi, "Sho'rtan" va "Surxon"ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng jamoa tushkun kayfiyatda edi. Undan chiqish uchun g'alaba qozonish kerak edi.
- "Bunyodkor" yaqin vaqt ichida emas, balki mavsum boshidan beri stabil natijalarga erisha olmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?
- Hozir hech qaysi jamoa avvalgi vaqtdagidek oson g'alabaga erishgani yo'q. Masalan, "Neftchi" "Qo'qon-1912"ga qarshi qiyinchiliklarga duch keldi. Shu bois, har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rish lozim.
- Yozgi transferlar oynasida jamoani Hamrobekov, Kachorri singari bir qator etakchilar tark etdi. Ularning o'rnini to'ldira olmaslik natijalarga tasir qilmayaptimi?
- Albatta, ularning ketishi biz uchun katta yo'qotish. Lekin ularning o'rnini to'ldirishga harakat qilyapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar