So’nggi yangiliklar

20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  1 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  4 18:49Мбаппе жароҳат олди  6 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  3 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  6 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  6 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  11 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  3 14:27"Вулвс" АПЛнинг 17 ўйинида 1 та гол урган ҳужумчи учун 40 млн фунт сўраяпти  1 13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  8 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  7

Marselo Galyardo: "Murabbiylar shtabi bilan Benzemani Namanganga olib kelmaslikka qaror qildik" Yangiliklar

Marselo Galyardo: "Murabbiylar shtabi bilan Benzemani Namanganga olib kelmaslikka qaror qildik"

OCHL 1/8 finali doirasidagi "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. O'yindan oldingi matbuot anjumanida "Al Ittihod" jamoasi bosh murabbiyi va futbolchi Ahmad Xegazilar matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- Janob bosh murabbiy ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Ertangi uchrashuv qiziq kechadi degan umiddaman. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz jamoani yangilamoqdamiz. Ushbu musobaqada imkon qadar uzoqroq ishtirok etmoqchimiz. Ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga chiqamiz, ammo shunga qaramay g'alaba qozonish maqsadimiz.

Ahmad Xegazi

- Ertangi uchrashuv va raqib haqidagi fikrlaringiz?

- Biz ertangi uchrashuvda ko'proq o'zimizning o'yinimizga etibor qaratamiz. Ikkala jamoa ham mavsumni endi boshlamoqda. Ikki jamoada ham kuchli futbolchilar bor. Har bir raqibimizni natijadan qatiy nazar juda qattiq hurmat qilamiz.

- Ertangi uchrashuvning o'zidayoq keyingi bosqich masalasini hal qilish niyatingiz bormi? Yani mezbon sifatida o'ynaydigan uchrashuvimizda natija katta ahamiyatga ega bo'lmasligi qanchalik real?

- Ertaga oson o'yin bo'ladi deya olmayman. Men jamoaga kelganimga ko'p vaqt bo'lmadi. Bu qisqa vaqt ichida mazmunli narsa yaratish oson ish emas. Biz kelajagimizni o'ylab reja va uslub tuzamiz. Ko'pgina futbolchilarimiz ham terma jamoalar safidan yaqindagina qaytishdi. Ertangi uchrashuvda osongina g'alaba qozonamiz demayman.

- Karim Benzema ertangi uchrashuvda ishtirok etmasligi aniq bo'ldi. Benzema nima sababdan Namanganga kelmadi?

- Benzema yakka tartibda shug'ullanmoqda. Bu murabbiylar shtabinining qarori. Keyingi haftada uni jamoaga qo'shishni reja qilyapmiz.

Ahmad Xegazi

- O'zbekistonning sovuq havosi futbolchilarga qanchalik qiyinchilik tug'dirishi mumkin?

- Biz avvalambor yaxshi o'yin namoyish etishimiz kerak. Ob-havo va qolgan jihatlar ikkinchi darajada. Maydonning holatini ham alo darajada deb bo'lmaydi. Lekin biz ushbu sharoitlardan xabardor edik. Muhimi, ertaga yaxshi natija qayd etish.

- Futbolchi Marselo Groe nega jamoa bilan birga emas? U ham Namanganga olib ketilmadi.

- Bunga sabab legionerlarga qo'llangan limit. Saudiya ligasida biz 10tagacha legionerni o'ynatishimiz mumkin, biroq OCHL bahslarida 5ta legionerni o'ynatish mumkin. Grohi kelmaganligining sababi bu legionerlarga qo'yilgan cheklov.

- Osiyo kubogi-2023 musobaqasi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida bir nechta "Navbahor" futbolchilari ishtirok etishdi. O'zbekiston terma jamoasining o'yinlarini kuzatdingizmi?

- Albatta. O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini kuzatib bordim, ammo birinchi navbatda men o'z futbolchilarimning terma jamoadagi ishtiroklarini kuzatishga majbur edim.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика