"Marsel" Aleksis Sanches bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda
17 iyu 2022 17:17
Yangiliklar
"Marsel" Aleksis Sanches bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda
CHililik hujumchi Aleksis Sanches faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
33 yoshli futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, ammo Milan klubi ushbu yozda o'yinchi bilan xayrlashmoqchi.
Sanchesning xizmatlariga hozirda "Marsel"da ishlayotgan CHili terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli qiziqish bildirmoqda.
Sampaoli Aleksisni o'z jamoasiga qo'shib olishni xohlaydi. Eng katta muammo hujumchining yillik 6,5 mln evro atrofidagi maoshidir.
Sanches Turkiya va Yaponiya klublaridan bo'lgan takliflarni rad etishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar