Maqsad OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish va buning uchun oxirigacha kurashamiz - Mirjalol Qosimov
26 okt 2022 23:07
Yangiliklar
Maqsad OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish va buning uchun oxirigacha kurashamiz - Mirjalol Qosimov
AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Dinamoga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Mutaxassis o'z fikrlarini bildirar ekan, jumladan, shunday deydi:
«Qiziqarli va hujumkor o'tgan o'yinda katta ustunlik bilan o'ynab, kerakli g'alaba va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. O'yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman va stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bizni yana muhim 3 o'yin kutmoqda. Kelgusi uchrashuvlarga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsad OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish va buning uchun oxirigacha kurashamiz».
Eslatib o'tamiz, bugun bo'lib o'tgan uchrashuvda AGMK jamoasi "Dinamo"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar