"Manchester Yunayted" "Brayton"ga mag'lubiyatidan bir kun o'tgach, yashirin o'yin o'tkazdi, biroq Ronaldu unda ishtirok etmadi
10 avg 2022 19:24
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Brayton"ga mag'lubiyatidan bir kun o'tgach, yashirin o'yin o'tkazdi, biroq Ronaldu unda ishtirok etmadi
"Manchester Yunayted" APLning ilk turida "Brayton"ga mag'lub bo'lgach, yashirin eshiklar ortida "Galifaks" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Yakshanba kuni safga kech qaytgan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida Erik ten Xag "Karrington" sport majmuasida Milliy liga vakili "Galifaks Taun"ga qarshi nazorat uchrashuvi tashkillashtirdi, ammo unda jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi.
Mazkur uchrashuvda "Yunayted" 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarni kimlar urgani malum qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, MYU hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning ilk turida zaxiradan maydonga tushgandi. Avvalroq futbolchi klubni tark etishni xohlayotgani aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar