“Manchester Siti” MYU va “Liverpul” kuzatib yurgan futbolchini "ilib ketmoqchi"
08 jan 2024 11:08
Yangiliklar
“Manchester Siti” MYU va “Liverpul” kuzatib yurgan futbolchini "ilib ketmoqchi"
“Manchester Siti” “Bavariya” etakchisi Joshua Kimmixni sotib olish uchun harakatini boshladi.
Gvardiola jamoasi yarim himoyachini yozda sotib olishni reja qilgan. “Bavariya” bilan 2025 yilda shartnomasi yakunlanadigan futbolchi uchun “shaharliklar” 25 million evro to'lashga tayyor.
Avvalroq, yarim himoyachi uchun kurashda “Manchester Yunayted” va "Liverpul" favorit bo'lib turgani haqida xabar berilgandi.
Malumot uchun, Kimmix 2015 yildan beri “Bavariya” libosida harakat qilib keladi. Yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 1 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar